Bosh sahifa | Yangi pedtexnologiyalar | «Mo‘jizalar maydoni»da hayvonot olami

«Mo‘jizalar maydoni»da hayvonot olami

 

MTMda mashg‘ulotlar davomida o‘yinlardan, pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish jarayonning qiziqarli o‘tishini ta’minlaydi. Bunda bolalarning kayfiyati ko‘tarilib, o‘ziga ishonchi ortadi hamda mustaqil fikrlash­ga intilish kuchayadi. Ana shunday o‘yinlardan biri “Mo‘jizalar maydoni” deb nomlanadi. Guruhlar tashkil qilish uchun 2 ta doirachalardan foydalanamiz. Doiramizning biri katta, ik­kinchisi kichik bo‘lishi kerak. Shundan so‘ng katta doiraning ustiga kichik doirani qo‘yib o‘rtasidan mahkamlab qo‘yamiz. Mavzuga mos tarzda doiralar ichiga suratlarni joylashtiramiz.Masalan, “Mening bolam qani?” o‘yini uchun katta doiraga hayvonlarning rasmini joylashtirsak, ikkinchi doiraga ularning bolalarini joylashtiramiz. Katta doiradagi tovuqning rasmi oldiga kichik doiradagi jo‘janing rasmini joylashtirish kerak.
Bu texnologiyani “Qaysi hayvon qayerda yashay­di?”, “Qaysi hayvon nima yeydi?”, “Qaysi daraxt­ning bargi?” kabi mavzularda ham qo‘llash mumkin. Matematika mash­g‘u­lotlarida son-sanoq bilan tanishtirishda ranglar va shakllardan foydalansa bo‘ladi. Buning u­chun katta doira ichiga bir nechta predmetlarning rasmini, kichik doiraga sonlarni joylashtirish kerak bo‘ladi.
Mashg‘ulotni yanada boyitish, qiziqarli bo‘lishini ta’minlash maqsadida mavzuga mos savollar bilan murojaat qilinadi. Masalan:

– Lolalarning rangi qanaqa?
– Ularning soni nechta?
– Olchalarning shakli qanday?
– Ularning soni nechta?
– Piyoladan nima uchun foydalanamiz?
– Ularning soni nechta?
– Ot, olcha, lola va piyolalar ichida qaysi birining soni ko‘p?

O‘yinimiz shu tariqa davom etadi.
“Qaysi hayvon qayerda ya-shaydi?” o‘yinimiz uchun katta doiraning ichiga hayvonlarning rasmini, kichik doiraga uylarining rasmini joylashtirish kerak.
Tarbiyachi o‘yinni savol-javoblar bilan o‘t­kazadi.

– Quyon qayerda yashaydi?
– Ayiq qayerda yashaydi?
– Ayiq kattami yoki quyon?

“Qaysi hayvon nima yeydi?” o‘yinimiz u­chun katta doiraning ichiga hayvonlarning rasmini, kichik doiraga ular uchun ozuqa bo‘lgan narsalarning rasmini qo‘yamiz. Masalan: quyon uchun sabzi, ayiq uchun asal, maymun uchun banan, tovuq uchun don, baliq uchun chuvalchang. Bolalar doirani aylantirib, har bir hayvonga ular yeydigan ovqatni topib beradilar.

 
 
 

 

Durdona MAHMUDOVA,
TSHXTXQTMOI o‘qituvchisi.

Check Also

Bolalarga qum bilan chizish san’atini o‘rgatish

Maktabgacha bo‘lgan davr – bolaning uni o‘rab turgan olam bilan tanishish va bilish davri hisoblanadi. …