Bosh sahifa | Tasviriy faoliyat | Applikatsiya – ijodkorlikka undaydi

Applikatsiya – ijodkorlikka undaydi

Olimlar fikricha, insonlar 1300 xil rangni sezib, ajrata oladilar. Demak, atrofimizdagi olam nozik, turfa xil ranglardan iborat bo‘lib, o‘zgacha go‘zallik kasb etadi. Tasviriy faoliyatda rasm solish, loydan buyum yasash metodikasi bilan bir qatorda applikatsiya ham asosiy faoliyat turlarining biri sifatida maktabgacha ta’lim muassasasi dasturiga kiritilgan.

Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari rang va uning xususiyatlari bilan tanishtirish, ranglar bilan ishlashni, ularning uyg‘unlashuvini, boshqa rang­larni hosil qilishni o‘rgatibgina qolmay, bolalarda rang ajratish ko‘nikmasini mustahkamlaydi. Maktabgacha ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan applikatsiya mashg‘uloti bolalarda sezish qobiliyatining rivojlanishiga ta’sir etib, ularni estetik jihatdan tarbiyalab, shuningdek, mehnat ko‘nikmalarini shakllantirib, kichkintoyda xarakterning irodaviy xususiyatlari vujudga keli­shiga ta’sir etadi.
Applikatsiya — bolalardagi xayolni rivojlantiradi, ijodkorlikka undaydi, kuzatuvchanlikni faollashtiradi, diqqat va tasavvurni, irodani tarbiyalaydi. Qo‘l malakasini rivojlantirib, qaychi, yelim bilan ishlash ko‘nikmalarini hosil qiladi. Zamonaviy usullar asosida o‘tkaziladigan bu mashg‘ulot bolalarning qiziqishlarini yanada oshiradi.
Kichkintoylar applikatsiya faoliyatini o‘z­lash­tirish asnosida qirqish texnologiyasini egallab, qog‘ozdan predmetli, mazmunli, dekorativ, quritilgan o‘simliklardan va somondan chiroyli ijodiy ishlarni bajaradilar. Ularga tanlangan yo‘nalishda muntazam ravishda noan’anaviy usullarni o‘rgatib borish tarbiyalanuvchilarning diqqatini tortib, tasviriy san’at asarlaridan zavqlanishga, go‘zallikni his etishga, atrof-olamni sevishga chorlaydi.

Check Also

Tasviriy savodxonlikni baholash

Maktabgacha ta’lim muassasalarida olib borilayotgan o‘quv-tarbiya ishlarining sifati va samaradorligi bir qator omillarga bog‘liq. Jumladan, …