Aql qayrog‘i

Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar ishlanmasi

18-MASHG‘ULOT

Geometrik shakllar “Qiziqarli uchburchak”

Maqsad: bolalarning uchburchaklardan turli ko‘rinishdagi narsalar va shakllar hosil qilish malakasini mustahkamlash.

Kerakli jihozlar: tarbiyachi uchun: piramida, raketa, archa, yelkan, tulki, qarg‘a, dazmol, ko‘ylak, ro‘mol, sabzi tasvirlari.

Bolalar uchun: oq qog‘oz, rangli qalamlar, rangli qo­g‘ozlar, yelim, qaychi, turli o‘lchovdagi uchburchak shakllari.

Mashg‘ulotning borishi:

TARBIYACI: − Bolajonlar, biz sizlar bilan qaysi geometrik shakllarni o‘rganganmiz?
Bolalar javobi.

TARBIYACI: − Mana shu geometrik shakllar bilan turli o‘yinlarni o‘ynash mumkin. Bugungi mashg‘ulotimizni uchburchakka bag‘ishlasak. “Ha, uchburchak oddiy shakl-ku, buni bizdan kichiklar ham biladi”, deb o‘ylayotgandirsiz. Bolajonlar, uchburchak oddiy emas, u sehrli,  chunki uning qo‘lidan juda ko‘p ish keladi. Uchburchak 3 ta chiziqdan iborat bo‘lgani uchun bu 3 ta chiziqlar doimo ushbu qo‘shiqni aytib yurishar ekan:

Uchta uch-u, uchta burchak,
Va yana uchta tomon.
Uchchovimiz qo‘shilishib,
Yashaymiz omon-omon.

Qani bolalar, atrofimizdagi narsalarga qarab, o‘ylab ko‘raylikchi. Uchburchak shakli ishlatilgan narsalar bor ekanmi? Atrofimizda  yo‘qlarini tasavvur qilib ko‘raylik.
Bolalar  javobi.

TARBIYACI:− Hozir men sizlarga uchburchak shaklidagi narsalarni yasab (chizib) ko‘rsataman.

 

Tarbiyachi  yelkanli qayiq, archa, masxarabozning qalpog‘ini, ko‘ylakni yasab yoki chizib ko‘rsatadi.

Check Also

Aql qayrog‘i

Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar ishlanmasi 20-MASHG‘ULOT Son va sanoq 1 dan …