Aql qayrog‘i

Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar ishlanmasi

20-MASHG‘ULOT

Son va sanoq
1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlarni yozuvda farqlashni o‘rgatish

Maqsad: bolalarga 1 dan 10 gacha bo‘lgan raqamlarni cho‘plar yordamida yozishga o‘rgatish.

Kerakli jihozlar: sanoq cho‘plari (har bir bola stoliga 2 tadan).

Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi: – Bolajonlar, biz ertalabki soatlarda yoki bo‘sh vaqtlarimizda 1 dan 10 gacha yozishni o‘rganish uchun barmoqlarimizni mashq qildiryapmiz. Barchangiz ruchkani barmoqlarda  qanday ushlashni  o‘r­ganib olgansizlar. Har biringizning o‘z ruch­kangiz va katak daftaringiz bor. Daftaringizning birinchi sahifasidagi katak chizig‘i o‘rtasiga, katak o‘rtasiga nuqta qo‘yishni o‘rgandingiz, keyin tayoqcha, turli shakllar chizish­ni bilib oldingiz. Hozircha daftarni yopib, stolning o‘rtasiga qo‘yib turamiz. Biz hozir sonlarni cho‘plar yordamida  yozib o‘rganamiz.

Bolalar uchun amaliy ish.
Bolalar stoliga ikki qutidan sanoq cho‘plari qo‘yiladi.
Tarbiyachi: – Bolalar, oldingizda turgan  cho‘plar yordamida  raqamlarni yasaymiz. Men sizlarga doskada chizib ko‘rsataman, sizlar esa cho‘plardan foydalanib raqamlarni hosil qilasizlar.

 Kichkintoylarning ishi kuzatib boriladi, qiynalgan bolalarga yordam beriladi. Yozib bo‘lganlaridan so‘ng cho‘plar qutilarga solib qo‘yiladi.

Jismoniy daqiqa.
“Poyezd” harakatli o‘yini.
Bolalar bir qator bo‘lib bir-birlarining tirsaklaridan ushlab qo‘llarini oldinga, orqaga harakatlantiradilar va doira bo‘lib yuradilar.

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:

1. Bir raqamini hosil qilish uchun nechta cho‘p ishlatdingiz?
2. Cho‘plar bilan yozganda qaysi raqamni osonlik bilan yozdingiz?
3. Olti sonini yozishda nechta cho‘p ishlatdingiz?

Tarbiyachi mashg‘ulot yakunida bolalarni rag‘batlantiradi.

Check Also

Aql qayrog‘i

Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar ishlanmasi 16-MASHG‘ULOT Vaqt haqida tasavvur Hafta kunlarining …