Bosh sahifa | sayt_admin (page 2)

sayt_admin

GADJETLARNING BOLA PSIXOLOGIYASIGA TA’SIRI

Axborot texnologiyalari jadal rivojlanib boryotgan davr bolasi bugun maktabga borguniga qadar, oilada axborot-kommunikatsiya texnologiya vositalari bilan tanishib, ulardan qanday foydalana olish mumkinligini bilib olmoqda. Ular haqiqatan ham axborot asrida tug’ilib, hali atrof-olamni anglamasdan, zamonaviy aloqa qurilmalari, kompyuter va boshqa gadjetlarning funksiyalari bilan tanish bo’lgan holda ulg’aymoqda. To’g’ri, bu vositalar keng qulayliklar yaratmoqda, lekin endigina ulg’ayayotgan avlod uchun bular har doim …

Batafsil

BOLA KULSA YORISHAR OLAM

Bolaning tabassumi oftob yanlig‘ iliq, uning har bir harakati, intilishi atrofidagilar uchun olam-olam quvonch bag‘ishlaydi. Shu bilan birga uning kamoloti jamiyat taraqqiyotiga daxldorligi bois mas’uliyatli bu vazifaga bugun hukumat miqyosidagi masala sifatida qaralib, takomillashtirilmoqda. Maktabgacha ta’lim-tarbiya davri bolaning ruhiy va jismoniy rivojlanishida asosiy ahamiyatga ega palla. Zero, ayni shu paytda uning butun hayoti davomida asqatuvchi ko‘nikma va bilimlar beriladi, shakllantiriladi. …

Batafsil

Maktabga tayyorlovda ota-ona va MTM hamkorligi

O‘zbek oilasining o‘ziga xosligi sharqona odob-axloq, rasm-rusum, urf-odat, milliy qadriyat hamda an’analar, ta’lim-tarbiya, ma’naviy yetuklikka intilish kabilarning barhayotligidadir. Bolalarning ta’lim-tarbiya va bilim olishiga asosiy zamin yaratuvchi maskan oiladir. Farzandlarimiz, avvalambor, oilada, ota-onadan ibrat olgan holda shakllanadi. Ota-ona bolaga boshidan ta’lim-tarbiya, nutq madaniyati, odamiylik xislatlarini qunt bilan singdirib borsa, kelajakda u barkamol, sog‘lom, mustaqil fikrlovchi, eng asosiysi, odobli shaxs bo‘lib yetishadi. …

Batafsil

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA AXLOQIY SIFATLARNI TARBIYALASH

Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘inidir. Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson umri davomida qabul qiladigan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Shu bois bolalarning sog‘lom, bilimli bo‘lib voyaga yetishida maktabgacha ta’lim-tarbiya alohida ahamiyatga ega. Pedagogika fani yosh avlodning axloqiy rivojlanishida tarbiya va ta’limni muhim omil deb hisoblaydi. Shu davrda ma’lum maqsadga qaratilgan …

Batafsil

MATEMATIKA BILAN TANISHAMIZ

Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni, belgilangan maqsad va vazifalarning bajarilishi, ularning ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablari, maktabgacha ta’lim mazmunining asosiy yo‘nalishlari maktabga tayyorlik darajasiga qo‘yiladigan talablarda belgilab berilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarni yangi geometrik shakl va jismlar bilan tanishtirish bo‘yicha mashg‘ulotlar umumiy holatda quyidagicha amalga oshiriladi: 1. Shakllarni ko‘rish, tekshirish (tegib-ushlab ko‘rish va ko‘rish usullari bilan). 2.Geometrik …

Batafsil