Bosh sahifa | sayt_admin (page 30)

sayt_admin

Bola uchun padagogik muhit yaratish

Jamiyat a’zolarining ijtimoiy faolliklarini shakllantirishda uzluksiz ta’limning ilk bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’limning o‘rni beqiyosdir. Zero, psixologik xususiyatlarga ko‘ra, maktabgacha yoshdagi bolalar turli mazmundagi faoliyat jarayonlarida ishtirok etishga moyil bo‘lishadi. Barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalash jamiyat oldida turgan asosiy vazifalardan biri sifatida e’tirof etilayotgan bir sharoitda maktabgacha yoshdagi bolalarning mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etish va bu borada rivojlantiruvchi pedagogik muhitni …

Batafsil

MTM va oila hamkorligi

Maktabgacha yoshdagi bolalarning kelgusida o‘qishni yaxshi o‘zlashtirishi, maktabga mosla­shuvini ta’minlashda ularning maktabgacha ta’­lim muassasalariga jalb etilganligi, bu bilan ta’limga qamralganligi alohida ahamiyatga ega. Har bir maktabgacha ta’lim muassasasi jamoasi o‘z hududida yashovchi oilalarning tarkibini o‘rganib, oiladagi 7 yoshga­cha bo‘lgan bolalarning ta’limga qamralganlik darajasini o‘rganishlari zarur. Bu jarayon ancha jiddiylikni avvalo, har bir oilaning ijtimoiy holatiga e’tibor berishni talab etadi. Agar …

Batafsil

Suv tomchisi: sovuqda muz, issiqda bug‘…

Maqsad: suv haqida ma’lumot berish. Uni asrashga, isrof qilmaslikka o‘rgatish. Suvning xu­susiyatlari bilan tanishtirish, amaliyotlar o‘t­kazish, suratlar orqali ishlash. Jihozlar: suv, qor, muz, bug‘ aks ettirilgan suratlar, choynak (suv qaynatish uchun), oyna. Mashg‘ulotning borishi: Tarbiyachi: – Bolalar, men bugun o‘zim bilan qor olib kelgan edim, bilmaysizlarmi, u qayerga g‘oyib bo‘ldi? Bolalar: – Erib ketdi. Tarbiyachi: – Ha, xonamiz issiq bo‘l­gani …

Batafsil

Bolajon ustaxonasida

11-mashg‘ulot Mavzu: qog‘ozdan uycha yasash. Maqsad: bolalarga uy qurish ishlari mashaq­qatli mehnat orqali bunyod bo‘lishini, quruv­chilarning ishlarini qadrlashni va shu bilan birga ularga qog‘ozdan uycha yasashni o‘rgatish. Kutilayotgan natija: bolalarda uy qurishga bo‘l­gan qiziqish ortadi, quruvchilar kasbini yanada ulug‘laydi, mehnatlarini qadrlaydi. Kerakli jihozlar: uyning binosi uchun 30/10 hajmdagi karton qog‘oz, uyning tomi uchun 17/10 hajmdagi karton qog‘oz. Eshik va derazalar …

Batafsil

Nutqimiz to‘g‘ri va ravon bo‘lsin

MAVZU: “UCHIB KETUVCHI QUSHLAR” Suhbat Qanday qushlar issiq o‘lkalarga uchib ketadi; qachon qaytib keladi; qushlarning tana qismlari, pat bilan qoplanishi, tuzilishi va oziqlanishi kabi mavzuda suhbat o‘tkaziladi. Leksiko-grammatik o‘yin va mashqlar • “Qushlar qanday uchib ketadilar?” Kunlar sovushi bilan o‘rdaklar, g‘ozlar, qaldirg‘ochlar, turnalar arg‘imchoqdek tizilib u­chib ketadilar. Logoped doskada yoki o‘yin maydonida qushlarning uchib ketishini chizmalar yordamida tasvirlaydi.

Batafsil