Bosh sahifa | O‘yla. Izla. Top | Bir tomonda «bilag’on», bir tomonda «zukkolar»

Bir tomonda «bilag’on», bir tomonda «zukkolar»


Maqsad: o‘tilgan mavzularni mustahkamlash, jamoa bo‘lib ishlashga o‘rgatish, blits savollarga hozirjavoblik bilan javob berish.
TARBIYACHI: – Assalomu alaykum, hurmatli mehmonlar, aziz bolajonlar. Bugun bolajonlarimiz o‘z bilimlarini bellashuv orqali sizning e’tiboringizga havola qilishadi. Musobaqamiz ikkita jamoa, ya’ni “Zukkolar” va “Bilag‘onlar” o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Hakamlar esa ularning bilimlarini baholab borishadi.

1-bosqich “Topishmoqlarni to­pish”. Qaysi jamoa ko‘p javob bersa g‘olib bo‘ladi.

1. To‘rt oyoqli, temir tuyoqli. (ot)
2. Uzun quloq, kalta dum. (quyon)
3. Qochdi, qo‘rg‘onga kirdi. (sich­qon)
4. Vov-vov, deydi, baqiradi,
Tug‘ishganin chaqiradi. (it)
5. Pastakkina bo‘yli, issiqqina po‘stinli. (qo‘y)

Hakamlar 1-bosqichda qaysi jamoa ishtirokchilari ko‘p javob berganligini baholashadi.

TARBIYACHI: – 2-bos­qichda savollarga qaysi jamoa to‘g‘ri va ko‘p javob bersa g‘olib hisoblanadi.

1. Qaysi jonivor ignali? (tipratikan)
2. Uyasini o‘zi bilan olib yuradigan hayvonlar? (toshbaqa va shilliqqurt)
3. Qishda uyquga ketadigan jonivor? (ayiq)
4. O‘lkamizga bahorda birinchi bo‘lib qaysi qush u­chib keladi? (qaldirg‘och)
5.    Birinchi gullaydigan daraxtning nomi? (bodom)

TARBIYACHI: – Keyingi bosqich blits savollardan iborat. Har bir guruh uchun alohida savol beriladi. Javoblarni tez va aniq topishingiz kerak.

“Zukkolar” jamoasiga savollar: “Katta bo‘l­ganda…”

1.    Tuxumdan nima chiqadi?
2.    Bo‘taloq katta bo‘lsa…
3.    Uloqcha-chi?
4.    Jo‘jalar-chi?
5.    Xo‘tikcha katta bo‘lsa…

TARBIYACHI: – Savol berish navbati “Bilag‘onlar” jamoasiga keldi: “Oldin nima edi?”

1.    Jo‘ja avval nima bo‘lgan? – Tuxum.
2.    Ot nima bo‘lgan? – Toy­choq.
3.    Qo‘y-chi? – Qo‘zichoq.
4.    Kapalak oldin nima bo‘l­gan? – Ipak qurti.
5.    Sigir nima bo‘lgan? – Buzoq­cha.
6.    Kiyik-chi? – Quralay.

Oxirgi sinov “Kim chaq­qon” o‘yini bo‘lib, bu o‘yin quyidagi tartibda o‘ynaladi: Maydon­chaga uy va yovvoyi hayvonlarning rasmlari aralashtirib qo‘yiladi. “Zukkolar” guruhiga uy hayvonlarining rasmini, “Bilag‘onlar” guruhiga esa yovvoyi hayvonlarning rasmlarini yig‘ish topshiriladi. G‘olib jamoaga hakamlar tomonidan sovg‘alar ulashiladi.

 Durdona MAHMUDOVA,
TSHXTMQTMOIning “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi.