Bosh sahifa | Mudira minbari | Bizning jonli burchagimiz

Bizning jonli burchagimiz

“Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatining turli ko‘rinishlarida ekologik ta’lim berish” mavzusida kichik guruhlar uchun mashg‘ulot ishlanmalari

Ta’limiy maqsad: jonli burchakdagi hayvonlar va ularning ko‘rinishi bilan tanishtirish. Bolalar nutqini o‘stirish, yangi so‘zlar bilan bo­yitish.
Tarbiyaviy maqsad: bolalarda hayvonlarga bo‘lgan mehr hissini uyg‘otish.
Rivojlantiruvchi maqsad: bolalar diqqatini, xotirasini mustahkamlash. Mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish.
Kerakli jihozlar: jonli tabiat burchagidagi hayvonlar, chig‘anoqlar.
Mashg‘ulotning borishi:
– Bizlar o‘ynayapmiz,
Davra quryapmiz.
Davraga kelinglar,
Sizlar ham qo‘shilinglar.
Tarbiyachi: – Bolajonlar, bugungi mash­g‘ulotimizda jonli tabiat burchagimizdagi hayvonlar bilan tani­shamiz. Mana bu hayvonlarning nomi nima?
Bolalar javobi.
– To‘g‘ri, baliqlar suvda hayot kechiradilar. Ular turli rangda. Ularning ranglari qanday ekan? Diqqat bilan qarasangiz, ularning ko‘rinishi, kattaligi turlicha ekanli­gini ko‘rasiz. Bolajonlar, baliqlarning ko‘rinishi qanday? Diqqat bilan kuzatamiz. Ularning tanasi tangachalar bilan qoplangan bo‘lib, dumi, og‘zi, kichkinagina ko‘zlari bor.
Baliq suvsiz yashay olmaydi. Katta dengizlarda turli kattalikdagi baliqlar uchraydi. Bizning tabiat burchagimizdagi baliqlar esa eng kichkinalaridir.
Baliq-baliq baqaloq,
Akulaga chaqaloq,
Qani endi zo‘r bo‘lsang.
Dengizdan chiqib bir boq.
– Bolajonlar, baliqlarga sizning she’ringiz yo­qqanga o‘xshaydi, qarang o‘yinga tushgandek suzishyapti. Baliqlarimiz chig‘anoqlar orasida suzib yuri­shibdi. Ammo chig‘anoqlar juda kam. Hozir sizlar bilan birgalikda “Kim tez va ko‘p chig‘anoq yig‘adi” o‘yinini o‘ynaymiz.
– Bolajonlar, bugun baliqlarimiz sizlardan ju­da xursand, kelinglar, ularni birgalikda ov­qatlantiramiz.
Bolalar o‘yin davomida rag‘batlantirilib, mash­g‘ulot yakunlanadi.

Check Also

Kitob yog‘dusi

Kitob bir necha ming yillar avval paydo bo‘lgan eng qadimgi va noyob kashfiyotlardan biri sanaladi. …