Bosh sahifa | Mutaxassis maslahati | Bog`chani to`g`ri tanlang

Bog`chani to`g`ri tanlang

Bog’cha bolaning hayotida muhim va yetakchi o’rinni egallaydi .Shuning uchun bolaga bog’cha tanlanayotganda tumandagi eng yaqin bog’chaga olib bormay, ota-ona yaxshilab o’ylab, bolasiga mos bog’chani tanlashi darkor. Toshkent bog’chalari haqida savollarimizga Qora-qamish dahasidagi 299-bog’cha mudirasi Abdullaeva Farida Saidovna javob beradilar.

1. Bog`cha tanlashda nimaga ahamiyat berish lozim?
Bog’chaning obodonlashganiga;
Bog’cha xodimlarining saviyasiga;
Guruhdagi bolalar soniga (bolalar soni sifatga bog’liq);
O’yin xonalarining o’yinchoqlar bilan ta’minlanganlik darajasiga;
Tarbiyachining muomalasiga.
2. Bog`chaning ovqati bola uchun yetarlimi?
Bog’chadagi ovqat menyusi normativlarga asoslangani uchun yetarli hisoblanadi. Lekin ovqat sifati bog’chaning o’ziga bog’liq.
3. Bog’cha programmasining o’zi maktabga tayyor bo’lish uchun yetarlimi?
Ba’zi bog’chalarda yetarli bo’lsa, ba’zilarida ortiqcha yoki sustlik qiladi.
4. Tarbiyachi bolani ursa, ota-ona nima qilishi kerak?
Avallambor tarbiyachi bilan gaplashish, agar o’zgarmasa, u holda bog’cha mudirasiga shikoyat qilish kerak. Bu ham foyda bermasa tuman xalq ta’limi boshqarmasiga shikoyat qilish lozim.
5. Xususiy bog’chaning davlat bog’chasidan farqi nimada?
Barcha bog’chalar bir normativga asosan faoliyat yurgazadilar. Xususiy bog’chalarning asosiy farqi shundaki, ularda suzish, ingliz tilini chuqur o’rgatish kabi qo’shimcha darslar mavjud bo’ladi .Undan tashqari xususiy bog’chalarda bolalar soni kam bo’ladi.
6. Tijorat guruhlarining oddiy guruhlardan farqi nimada?
Tijorat guruhlarda bolalar soni kamligi uchun individual yondashuv qo’llaniladi va qo’shimcha darslar mavjud bo’ladi.
7. Bolani bog’chaga necha yoshdan olib borishni boshlagan ma’qul?
Bolani bog’chaga 2 yoshdan borishini ta’minlash lozim. Bu davrda bog’chaga o’rganish oson bo’ladi.
8. Bolani bog’chadan soat nechada olib ketish to’g’ri hisoblanadi?
Kechki tushlikdan so’ng soat 17:00 da kundalik darslarni o’rganib bo’lgach, olib ketish maqsadga muvofiq bo’ladi.
9. Ortopedik, logopedik yoki boshqa maxsuslash bog’chalarning oddiy bog’chadan farqi nimada?
Bu bog’chalarda bolaning tili chiqishiga va salomatligiga alohida ahamiyat beriladi.
10. Bir tumanda yashab boshqa tumandagi bog’chaga bolani berish mimkinmi?
Mumkin.
11. Bog’cha ovqati qanday tekshiruvdan o’tadi?
Ovqat sifatini Sanepidstansiya tekshiruvdan o’tkazadi. Mahsulotlar kalloriyasini bog’cha shifokori tekshiradi.
12. Ota-ona tarbiyachini almashtirilishini talab qilishi yoki boshidan o’zi tanlashi mumkinmi?
Ota-ona bolaning guruhini o’zgartirishi va tanlashi mumkin.
13. Bog’chaning hajmi uning sifatiga bog’liqmi?
Bog’cha normativlar asosida faoliyat yurgazayotgan bo’lsa, hajmining ahamiyati yo’q.
14. Toshkent bog’chalarida qonun bo’yicha bir guruhda nechta bola bo’ishi kerak? Undan ko’p bo’lsa, ota-ona kimga arz qilishi mumkin?
Yasli guruhida – 15-20ta bola
Boshqa guruhlarda – 25-30ta bola*
*2007 yilgi 255-qaror.
15. Bog’chada metodikani kim ishlab chiqaradi?
Hozirgi kunda barcha bog’chalar yuqoridan tasdiqlangan «Bolajon» dasturi asosida faoliyat yurgazadilar.
16. Yaxshi bog’chada qanday inshoot yoki xona bo’lishi shart?
Uslubiyot xonasi
Psixolog xonasi
Logoped xonasi
Sportzal
Musiqa xonasi
17. Bog’chada psixolog va logoped bo’lishi shartmi?
Sifatli bog’chada psixolog va logoped bo’lishi shart.
18. Qanday bog’cha yomon hisoblanadi?
Bog’chaga talab mavjud bo’lmasa. Ya’ni bog’cha ko’p bola qabul qilish hajmga ega bo’lib, aslida kam bolaga ega.
19. Bolani bog’chaga bermay birato`la maktabga chiqarsa bo’ladimi?
Yo’q, bola kichikligidan jamoatga o’rganishi, boshqa bolalar bilan muloqot qilishni o’rganishi kerak.
20. Toshkentdagi yoki tumandagi bog’chalar haqidagi ma’lumotni qaerdan olsa bo’ladi?
Boshqa ota-onalardan, tuman xalq ta’limi boshqarmasi va Xalq ta’limi vazirligi saytidan.

Maqola uzbaby.uz saytidan olindi.
Eslatma: maqola 2013-yilda chop etilgani uchun, ba’zi ma’lumotlar eskirgan bo`lishi mumkin.

Check Also

«Qizim bog`chaga chiqdi» -ota-onalar uchun amaliy qo`llanma

Одатда ота-оналар фарзандларини 2-3 ёшидан болалар боғчасига боришини маъқул билшади. Бироқ болакай ҳар доим ҳам …