Bosh sahifa | Aql qayrog‘i | Bolaga ikki til o`rgatish

Bolaga ikki til o`rgatish

Bola ikki tilni o’rgana olishi uchun unga sharoit yaratib bermoq lozim. Bu sharoit ikki tilning bola hayotidagi hajmini balanslashtirish darajasiga bog’liq bo’ladi.
Buning uchun bola uxlamaydigan vaqtini sanab uni ikkiga bo’lamiz. Bitta yarmini o’zbek tiliga ajratib, ikkinchi yarmini esa chet tili uchun ajratamiz.

Bunday hol bola hayotining birinchi uch yilida alohida e’tiborda bo’lishi lozim. Agar bola vaqti bir til tomoniga og’ib ketsa, ikkinchi til bilan muloqotda bo’lish uchun vaqt topa bilish lozim. Ya’ni agar bola kuni bilan faqat o’zbek tiliga gaplashsa, u holda uni ko’chaga, parklarga olib chiqib chet el bolalari bilan gaplashtiring, yoki chet tilidagi to’garak, bog’chalariga olib boring, yoki chet tilidagi multfilm, kitoblarni ko’rsatib bering.
Iloji boricha qarindosh, do’stlaringizni bolangiz bilan o’zbek tilida gaplashishga undang. Bola nafaqat ota-ona bilan, balki boshqalar bilan ham o’zbek tilida gaplashish mumkin ekanligini his eta bilsin.

Qachon bolaga ikki tilda gapirishni o’rgatish mumkin? Albatta eng yaxshi payt-bu muomalaga kiradigan payti. Ya’ni 2-3 oyligidan boshlab.
Lekin bu ikki til bola hayotida iloji boricha teng bo’lishi kerak. Aks holda bir til asosiy, ikkinchisi qo’shimcha til bo’lib qoladi.

Bir yoshdan katta bo’lgan bolalarda ikki tilni o’rganish biroz qiyinroq. Bunday hollarda bolaga ikkinchi ya’ni chet tilini yangi bir odam, masalan bog’chapa, o’rgatgani ma’qulroq bo’ladi. Agar ota-onaning o’zi bola bilan bir yoshgacha bir tilda gapirib, keyin esa boshqa tilda gapira boshlasa bolada bu psixologik travma yaratadi.

Uch yoshdan so’ng ota-onalar ham bolasi bilan ikki tilda muloqotda bo’lishligi mumkin.
Katta yoshdagi bolalar ikkinchi tilni bog’cha, maktablarda oson o’rganib oladilar, shuning uchun ular bilan uyda o’zbek tilidagi muomalani yo’qotmaslik ota-onasining qo’lida.

Fransuz lingvist M.Grammontning xulosasiga asosan, bolani yoshligidanoq ikki tilga o’rgatish oson. Uning fikricha, agar ota bolasi bilan bir tilda, ona esa ikkinchi tilda doimiy ravishda gaplashib borsa, bola 3-4 yoshiga kelib ikkala tilda oson gaplashaa oladi. Eng asosiysi, bolada har bir til bilan assosiasiya bo’lgan inson ko’z oldida namoyon bo’lmog’i lozim.

Ikki tilni o’rganish uslublaridan yana biri bu TIL VAQTI uslubidir, bunda bola bilan ayrim soat yoki kunlarda bir tilda gaplashilib, boshqa ajratilgan vaqtda esa boshqa tilda gaplashiladi.

uzbaby.uz saytidan olindi

Check Also

O`zbekiston respublikasi Prezidentining qarori

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi …