Bosh sahifa | Navbatdagi mashg‘ulotga | Bolajon ustaxonasida

Bolajon ustaxonasida

Maktabgacha ta’lim muassasalarining katta guruhlari uchun qurish-yasash mashg‘ulotlari

Ta’lim muassasalarida ijodiy muhitni rivojlantirish vazifalarini ijro etishda maktabgacha ta’lim muassasalari ikki yo‘nalishda ish olib boradi.
Birinchisi – pedagogik kadrlarning tashabbuskorligi, har bir ishga ijodiy yondashuvlari bo‘lsa, ikkinchisi bolalarda ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish.
Bolada ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishda badiiy adabiyot bilan tanishtirish, tasviriy faoliyat va musiqa mashg‘ulotlari asosiy vositadir.
Ijodiy ish bilan shug‘ullanish, uning natijalaridan zavqlanishni o‘rgatish ham pedagoglar mahoratiga bog‘liq. Bunday jarayon oddiy topshiriqlardan boshlanib, murakkab vazifalar sari bosqichma-bosqich shakllanib boradi.
Oddiy rasm yoki applikatsiya mashg‘ulotlariga nisbatan yasash ishlarini bajarishda bola oldida murakkabroq bo‘lgan bir necha vazifalar turadi. Mashg‘ulotlarni o‘tishda bir qator tavsiyalarga amal qilinsa, bola murakkab bo‘l­gan vazifalarni o‘zlashtirishi mumkin.

Katta guruhlar uchun qurish-yasash mashg‘uloti

  • 1-mashg‘ulot
  • 2-mashg‘ulot
  • 3-mashg‘ulot
  • 4-mashg‘ulot
  • 5-mashg‘ulot

Qog‘ozdan “Oqqush”ni yasash.
Maqsad: bolalarga oqqush haqida tushun­cha berish, oqqush tasvirini chizish va unga qanotlarni joylashtirish ko‘nikmasini hosil qilish.
Kutilayotgan natija.
Bolalar oqqush haqida bilib oladilar. Uni qog‘ozdan yasashni o‘rganadilar.
Kerakli jihozlar: 14/20 hajmdagi oq karton qog‘oz bittadan, qanot uchun 14/20 hajmdagi oq qog‘oz, rangli qalamlar, yelim (har bir bola uchun).

Tashlandiq materiallar bilan ishlash.
“Akvariumdagi baliq”
Maqsad: bolalarga tabiat va suv jonivorlari haqida tushunchalar berish, ularni sevishga, qadrlashga, barglardan foydalanilgan holda rangli qog‘oz qiyqimlaridan akvariumdagi baliqni yasashga o‘rgatish. Qo‘l matorikasini o‘s­tirish.
Kutilayotgan natijalar: bolalar tabiat haqida, baliqlar haqida tushunchaga ega bo‘ladilar. Tabiatni sevishni, qo‘l matorikasi asosida baliqlarni yasashni o‘rganadilar.
Kerakli jihozlar: 20/30 ko‘k qog‘oz, rangli qog‘ozlar, rangli qalam, yelim (har bir bola u­chun).

Transport turlarini yasash
Maqsad: bolalarni O‘zbekistonda ishlab chi­qarilayotgan transport turlari bilan tanishtirish. Avtobus yasashni o‘rgatish.
Kutilayotgan natijalar: bolalar O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan transport turlari haqida tushunchaga ega bo‘ladilar. Transport turlarini yasashni o‘rganadilar.
Kerakli jihozlar: 20/30 hajmda 2 ta qog‘oz, yelim, oddiy qalam, rangli qog‘ozlar, avtobus g‘ildiragi uchun 8/15 hajmda karton qog‘ozlar (har bir bola uchun).

Tabiat materiallari bilan ishlash
Yong‘oq qobig‘idan “O‘tloqdagi toshbaqa va sayrga chiqqan jo‘jani”ni yasash.
Maqsad: bolalarni tabiat jonivorlarini sevish­ga, ardoqlashga o‘rgatish va ularni yasay olish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Kutilayotgan natijalar: bolalar tabiat qo‘ynidagi jonivorlarni yasaydilar. Ular bilan do‘stlashadilar.
Kerakli jihozlar: 3 tadan yarimta yong‘oq qobig‘i, plastilin, 15/20 hajmdagi ko‘k rangli karton qog‘oz. O‘t uchun yashil qog‘oz (har bir bola uchun).

Mebel yasash
Maqsad: bolalarga stol, stul va karavot yasashni o‘rgatish. Buklash, taxlash, yelimlash ko‘nikmalarini shakllantirish.
Kutilayotgan natija: bolalar mebellar haqida tushunchaga ega bo‘ladilar. Mebellarni yasash­ga bo‘lgan qiziqishlari ortadi.
Kerakli jihozlar: stol va stul uchun 20/10 hajmdagi 2 ta karton qog‘oz, qaychi, yelim (har bir bola uchun).

Munavvar ISLOMOVA,
Surxondaryo viloyati Denov shahar,
XTMFMTTEB maktabgacha ta’lim
muassasasi uslubchisi.

Check Also

Fidoyingman, O`zbekiston! (musiqiy mashg`ulot)

(Katta va o‘rta guruh tarbiyalanuvchilari uchun mashg‘ulot ishlanmasi) Mashg‘ulotning maqsadi: bolalarni milliy ohanglarni idrok etishga …