Bosh sahifa | Qo‘li gul bolajon | Bolajon ustaxonasida

Bolajon ustaxonasida

6-Mashg‘ulot

Mavzu: tarvuz danaklaridan narsalar yasash.

Maqsad: bolalarga bir-birini hurmat qilish va do‘stiga sovg‘a berish yaxshi odat ekanligini o‘rgatish.

Qo‘lda o‘zi ham yaxshi sovg‘alar yasash mumkinligini tushuntirish.

Kutilayotgan natijalar: bolalar do‘sti yoki kattalarga sovg‘alar berish juda maroqli ekanligini his qiladilar.

Kerakli jihozlar: tarvuz danaklari, rangli karton qog‘ozlar, yelim (har bir bola uchun).

7-Mashg‘ulot

Mavzu: qog‘oz qutichalardan transport turlarini yasash.

Maqsad: bolalarga mashina yasashni o‘rgatish, yasashga bo‘lgan qiziqishini shakllantirish.

Kutilayotgan natijalar: bolalarning turli narsalar yasashga qiziqishi ortadi.

Kerakli jihozlar: 2 tа kichik quti, oq qog‘oz, mashina g‘ildiragi uchun qora, oynasi uchun ko‘k, chiroqlari uchun sariq rangdagi qog‘ozlar, yelim, 2 ko‘rinishdagi mashinalar uchun qog‘oz qutilari.

8-Mashg‘ulot

Mavzu: qog‘ozlardan archa bezaklarini yasaymiz.

Maqsad: bolalarga yangi yil bayrami archasi o‘yinchoqlarini yasashni o‘rgatish.

Kutilayotgan natijalar: bolalar archa o‘yin­choqlarini yasashni, katta, kichik qog‘oz shaklini qirqishni, buklashni, taxlashni o‘rganadilar.

Kerakli jihozlar: rangli qog‘ozlar, yelim, qaychi va har xil rangdagi iplar (har bir bola uchun).