11-mashg‘ulot | |||
---|---|---|---|
Mavzu: qog‘ozdan uycha yasash. Maqsad: bolalarga uy qurish ishlari mashaqqatli mehnat orqali bunyod bo‘lishini, quruvchilarning ishlarini qadrlashni va shu bilan birga ularga qog‘ozdan uycha yasashni o‘rgatish. Kutilayotgan natija: bolalarda uy qurishga bo‘lgan qiziqish ortadi, quruvchilar kasbini yanada ulug‘laydi, mehnatlarini qadrlaydi. Kerakli jihozlar: uyning binosi uchun 30/10 hajmdagi karton qog‘oz, uyning tomi uchun 17/10 hajmdagi karton qog‘oz. Eshik va derazalar uchun istalgan rangdagi qog‘oz. (har bir bola uchun) |
![]() |
||
![]() |
|||
12-mashg‘ulot | |||
---|---|---|---|
Mavzu: ixtiyoriy mavzu. Ixtiyoriy mavzuda bola o‘ziga manzur bo‘lgan mavzuni tanlaydi. Namuna uchun “Soyabon” mavzusini bolalarga tavsiya etishimiz mumkin. Maqsad: bolalarga soyabon quyosh nuridan saqlashi, kiyim-boshlarimizni yomg‘irdan asrashi haqida tushuncha berish va soyabon yasashni o‘rgatish. Kutilayotgan natija: bolalar soyabon yasashni o‘rganadilar. |
![]() |
||
![]() |
13-mashg‘ulot | |||
---|---|---|---|
Mavzu: tashlandiq materiallardan ertak qahramonlarini yasash. “Ona echki va bolalari” ertagidan “Uloqchalar”ni yasaymiz. Maqsad: bolalarni ertak qahramonlari bilan tanishtirishda davom etib, ona echkining bolalarini tuxum po‘chog‘idan yasashni o‘rgatish. Kutilayotgan natija: bolalarning ertak qahramonlarini yasashga bo‘lgan qiziqishi ortadi. Kerakli jihozlar: butun tuxum po‘chog‘i, bir siqim oq paxta, rangli plastilin, yelim. (har bir bola uchun) |
|||
![]() |