Bosh sahifa | Mutaxassis maslahati | Bolalarda agressivlikni bartaraf etish yo‘llari

Bolalarda agressivlikni bartaraf etish yo‘llari

Hozirgi kunda ta’lim-tarbiya borasida olib borilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalashdan iboratdir. Shaxs barkamollikka eri­shish jarayonida turli o‘zgarishlarni boshidan o‘tkazadi. Turli xarakterga ega bo‘lgan obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida, xususan, maktab­gacha yoshdagi bolalar xulq-atvorida o‘zgarishlar, masalan, agressiv holatlar kuzatiladi.
Ilmiy adabiyotlarda “agressiya”ga (lotincha “agressio” – “hujum”) “yo‘naltirilgan salbiy xulq-atvor, ijtimoiy muhitdagi qoidalarga, me’­yorlarga amal qilmaslik, obyektlarga, insonlarga jismoniy va ruhiy zarar keltirish”, deya ta’rif beriladi.
Agressivlik holati ko‘pgina kichik yoshdagi bolalarga xos bo‘lib, ko‘p hollarda bolalarda agressiv xatti-harakat o‘tish davrida kuzatiladi. Bola yosh davrlari inqirozi paytida qiyinchiliklarga ro‘baro bo‘lib, natijada uning xatti-harakatlarida agressiya elementlari kuzatila boshlaydi. Odatda, boladagi tushkunlik, siqilish holatlariga kattalar tomonidan yetarlicha e’tibor qaratilmaydi. Aslida bunday holat bolada chuqur taassurot qoldirib, o‘tishi qiyin kechadi.

Agressiv bolalarning xususiyatlari:

  • har bir vaziyatdan xavf-xatar sezish;
  • o‘ziga nisbatan salbiy munosabatni his qi-lish;
  • atrofdagilarni salbiy idrok qilish;
  • o‘zini nazorat qila olmaslik;
  • salbiy xatti-harakatlarning oqibatlarini o‘y­lamaslik;
  • insonlar va hayvonlarga nisbatan bag‘ri-toshlik;
  • agressiyadan zavqlanish, u yordamida kuch­li bo‘laman deb o‘ylash.

Check Also

Bog`chani to`g`ri tanlang

Bog’cha bolaning hayotida muhim va yetakchi o’rinni egallaydi .Shuning uchun bolaga bog’cha tanlanayotganda tumandagi eng …