Bosh sahifa | She'rlar | Bolaligim gulbahor

Bolaligim gulbahor

(Qo‘shiq)

Bog‘da gul chaman-chaman,
Men gullarni quchaman.
Zavq-la ochib qulochim,
Sho‘x qush kabi uchaman.

Bahor menga o‘xshaydi,
Ochilib gul yashnaydi.
Ketmaydi u yil bo‘yi,
Men-la birga yashnaydi.

Yoshlik ham bir gulbahor,
Unda bahor husni bor.
Quyosh uni erkalar,
Kulib boqar har nahor.

Har go‘zallik o‘rtog‘im,
Ochiq unga quchog‘im.
Hech narsaga bermayman
Bu shirin yoshlik chog‘im.

O‘tkir RASHID