Bosh sahifa | Davlat talablari amalda | Bugungi kun tarbiyachilari

Bugungi kun tarbiyachilari

Tarbiyachilik ishi mas’uliyatli kasblardan biri hisoblanadi. Uning vazifasiga bolalarga g‘am­xo‘r­lik qilishgina emas, yosh bolalarning tarbiyasi, bilimi bilan belgilangan qoidalar asosida ish olib borish ham kiradi. Shu sababli mutaxassis o‘z faoliyati davomida psixologiya, ta’lim va pedagogika yo‘l-yo‘riqlarini puxta egallagan bo‘lishi, zamon talablariga javob bera olishi kerak. Maktabgacha tarbiya muassasalari mutaxassislari kun davomida diqqatni bir joyga jamlovchi, mantiqiy fikrlashni shakllantiruvchi, nutqni o‘stiruvchi va etika-estetikani rivojlantiruvchi o‘yinlar, turli xil qiziqarli topshiriqlar bilan bolalarni mashg‘ul qiladi. Shunday ekan, ular bolaning sog‘ligi va hayoti uchun javobgar shaxslardan.
Shu sabab tarbiyachilar faoliyati bilan yaqindan tanishib borish, ish tajribasini o‘rganish va faoliyatini rag‘batlantirish maktabgacha ta’lim jarayonini yanada rivojlantirishda asosiy omil sanaladi. “Yil tarbiyachisi” ko‘rik-tanlovi shu maqsadda tashkil etilgan maktabgacha ta’lim muassasalari hayotidagi katta tadbirlardan biridir. Joriy oyda Xalq ta’limi vazirligi Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o‘quv-metodika Markazi bilan hamkorlikda tuman, shahar va viloyatlardan saralab olingan maktab­gacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari o‘rtasida “Yil tarbiyachisi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi.
– Ko‘rik-tanlovning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari va davlat talablari hamda yangi pedagogik texnologiyalarni hayotga tatbiq etayotgan maktabgacha ta’lim muassasalarining ilg‘or tarbiyachilarini aniqlash, ularning iste’dodi va ijodiy qobiliyatini namoyon etish hamda rag‘­batlantirishdan iborat, – deydi tadbirni o­chib bergan Xalq ta’limi vazirligi Maktabga­cha ta’­lim muassasalari bo‘limi boshlig‘i Sabohat Mirjalilova.
Ko‘rik-tanlovning vazifasi maktabgacha ta’­lim tizimini takomillashtirish, shuningdek, mak­tabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq pedagog kadrlarning kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini chuqurlashtirish, innovatsion faoliyatlarni keng targ‘ib etish, ijodiy ishlarni jonlantirish, MTMlardagi ijodkor tarbiyachilarni aniqlash va rag‘batlantirish; noan’anaviy usullarni ishlab chiqishda davlat talablari va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish hamda monitoring tizimini yanada rivojlantirish; milliy qadriyatlar hamda an’analarga tayangan holda ta’limning izchilligi va uzluksizligini ta’minlash; milliy g‘oya va istiqlol mafkurasi, zamonaviy ta’lim-tarbiya, davlat talablari, maktabgacha ta’limga oid yaratilgan metodik qo‘llanmalar va tavsiyalar haqida mustaqil fikrga ega bo‘lgan va buni erkin bayon eta oladigan, mashg‘ulotlar jarayonida xalq pedagogikasi, axloqiy va ma’naviy, huquqiy, iqtisodiy va ekologik bilimlarini qo‘llay olish tajribalaridan foydalana oladigan tarbiyachini shakllantirish hamda uning ma’naviyati, ma’naviy-axloqiy fazilatlari hamda tashabbuskorligi, tadbirkorligi va ijodkorligini keng jamoatchilik orasida tar­g‘ib qilishni qamrab oladi.

Check Also

Viloyatlarda tashkil etiladigan xususiy bog`chalarda elektr va gaz uchun to`lovning 50% ini davlat to`lab beradi

Вазирлар Маҳкамаси “Ўзбекистон Республикаси Мактабгача таълим вазирлиги ва унинг тизимидаги муассасаларнинг моддий-техника базасини мустаҳкамлаш ҳамда …