Bosh sahifa | Mudira minbari

Mudira minbari

Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyada bolalarni tekshirish

Barchamizga ma’lumki, mamlakatimizda imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim-tarbiya berish, ularni ijtimoiy muhofaza qilish masalalariga hamisha alohida e’tibor qaratilgan. Respublikamizda imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim-tarbiya beruvchi maxsus maktablar, maktab-internatlar, “Mehribonlik uylari” va maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shu jumladan, 431-sonli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasamiz qirq yildan ko‘proq vaqt mobaynida ruhiy va aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ta’lim va tarbiya berishda katta tajribaga …

Batafsil

Mtmda innovatsion texnologiyalar

Maktabgacha ta’lim muassasalarida maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab, shu bilan birga rang-barangdir. Ta’lim-tarbiya samaradorligiga erishishda maktabgacha ta’lim muassasalaridagi har bir faoliyat turini to‘g‘ri tashkil etish lozim. Bolaga yo‘naltirilgan ta’limning mazmuni innovatsion texnologiyalar orqali “Bolajon” tayanch dasturlarining to‘liq bajarilishiga qaratilgan. Bu zamonaviy pedagogik texnologiya sifatida ta’lim-tarbiya jarayonini ko‘proq muloqot va mashqlarga asoslangan o‘yin-mashg‘ulotga aylantirib, tarbiyachilarni …

Batafsil

Kichkintoylar yozgi maktabi

Hozir barcha turdagi ta’lim muassasalarida zamonaviy ilg‘or ta’lim-tarbiya usullarini joriy qilish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Yosh avlodni barkamol inson qilib voyaga yetkazishda tarbiyachi-pedagoglarni yangi pedagogik bilim, ko‘nikma va malakalar bilan ta’minlash davr taqozosidir. Bugungi kunda ta’lim muassasalarida ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Yaqinda Toshkent shahar Olmazor tumani 269-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida “Pedagog va ota-ona” mavzusida mudiralar …

Batafsil

O‘yinlarda mehr izhori

Quyida keltirilayotgan o‘yin-mashqlar korreksion-ta’limiy vazifalardan kelib chiqib tuzilgan. Ularni tashkil etish bilan bolalarda uchraydigan hissiy-emotsional buzilishlarning oldini olish, kichkintoylarning kattalar va tengdoshlari bilan munosabatlarini yaxshilashga erishish mumkin. O‘yin-mashqlar ovutmachoq ko‘rinishida bo‘lib, asosan, bolalar nutqini o‘stirish, ularda ijobiy kayfiyat shakllantirish, bilimlarini mustahkamlash hamda ularni faollashtirish maqsadida tuzilgan. O‘yin-mashqlar ishlanmasi o‘z mazmuniga ko‘ra – rivojlantiruvchi, tuzili­shiga ko‘ra – mujassam, o‘tkazilishiga ko‘ra – …

Batafsil

Bizning jonli burchagimiz

“Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatining turli ko‘rinishlarida ekologik ta’lim berish” mavzusida kichik guruhlar uchun mashg‘ulot ishlanmalari Ta’limiy maqsad: jonli burchakdagi hayvonlar va ularning ko‘rinishi bilan tanishtirish. Bolalar nutqini o‘stirish, yangi so‘zlar bilan bo­yitish. Tarbiyaviy maqsad: bolalarda hayvonlarga bo‘lgan mehr hissini uyg‘otish. Rivojlantiruvchi maqsad: bolalar diqqatini, xotirasini mustahkamlash. Mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish. Kerakli jihozlar: jonli tabiat burchagidagi hayvonlar, chig‘anoqlar. Mashg‘ulotning borishi: – …

Batafsil