Bosh sahifa | Mutaxassis maslahati (page 3)

Mutaxassis maslahati

Kuylash malakalari

Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ilk musiqiy ta’lim jarayonlarini o‘rgatish juda muhimdir. Ular qalbida go‘zallikni his qilish, Vatanga muhabbat, milliy g‘ururni shakllantirish, bolaning ichki dunyosini boyitish, hamda estetik didini shakllantirish kabi xususiyatlarni musiqa orqali amalga oshirish mumkin. Kichkintoylarda musiqa tinglashga ishtiyoqni qo‘llab-quvvatlash va rejalashtirish ahamiyatlidir. Musiqaning tempi, ritmi, xarakteriga mos ifodali harakatlanish, kuy qismlari almashishiga qarab harakatlarni o‘zgartira olish, yengil sakrash, …

Batafsil

Bola ruhiyatidagi inqiroz

Uning sabablari nimalardan iborat? Hozirgi kunda texnologiyalarning jadal sur’­atlar bilan rivojlanib borayotgani nafaqat jamiyat hayoti, balki o‘sib kelayotgan avlod ta’lim-tarbiyasiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmayapti. Voyaga yetayotgan bolalar o‘rtasida psixologik inqiroz bilan bog‘liq qiyin vaziyatlar ham yuzaga kelmoqda. Albatta, bunday holatlar bola shaxsining jismoniy, ruhiy va aqliy rivojlanishiga keskin ta’sir etishi mumkin. Bu kabi noxush holatlar yuzaga kelishining oldini olish uchun, …

Batafsil

Bolalarda agressivlikni bartaraf etish yo‘llari

Hozirgi kunda ta’lim-tarbiya borasida olib borilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalashdan iboratdir. Shaxs barkamollikka eri­shish jarayonida turli o‘zgarishlarni boshidan o‘tkazadi. Turli xarakterga ega bo‘lgan obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida, xususan, maktab­gacha yoshdagi bolalar xulq-atvorida o‘zgarishlar, masalan, agressiv holatlar kuzatiladi. Ilmiy adabiyotlarda “agressiya”ga (lotincha “agressio” – “hujum”) “yo‘naltirilgan salbiy xulq-atvor, ijtimoiy muhitdagi qoidalarga, me’­yorlarga amal qilmaslik, obyektlarga, …

Batafsil

Bola uchun padagogik muhit yaratish

Jamiyat a’zolarining ijtimoiy faolliklarini shakllantirishda uzluksiz ta’limning ilk bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’limning o‘rni beqiyosdir. Zero, psixologik xususiyatlarga ko‘ra, maktabgacha yoshdagi bolalar turli mazmundagi faoliyat jarayonlarida ishtirok etishga moyil bo‘lishadi. Barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalash jamiyat oldida turgan asosiy vazifalardan biri sifatida e’tirof etilayotgan bir sharoitda maktabgacha yoshdagi bolalarning mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etish va bu borada rivojlantiruvchi pedagogik muhitni …

Batafsil

O‘yin mohiyatini, avvalo, tarbiyachi anglasin!

O‘yin faoliyati bola hayotining asosiy mazmunini tashkil etadi, u mehnat va ta’lim bilan uzviy aloqada bo‘lgani holda yetakchi faoliyat sifatida namoyon bo‘ladi. Tadqiqotchilar o‘yinning ahamiyati, qadri, uning shartliligini hamda ijtimoiy xulqni shakllantirishda, shaxsning jamiyatdagi o‘z o‘rnini belgilab olishi, uning muomala chog‘idagi xatti-harakatini aniqlab olishi hamda miyaning keyingi o‘rganadigan mavzuga tayyorlanishida juda katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydilar. O‘yin bolaning intellektual o‘sishida …

Batafsil