Bosh sahifa | Mutaxassis maslahati (page 4)

Mutaxassis maslahati

Mayda qo‘l motorikasi kamchiliklarni korreksiyalaydi

Maktabgacha yoshdagi eshitmaydigan bolalarning mayda qo‘l motorikasi va umumiy motorikasi rivojlanishi tengdoshlaridan orqada qolganligi kuzatildi. Kichkintoylarning umumiy motorikasida oyoqlarini keng qo‘yishi, muvozanatni qat’iy ushlab tura olmasligi, harakatlarida sustlik ko‘zga tashlandi. Tarbiya­chining asosiy vazifasi bolaning mayda qo‘l motorikasi  va umumiy motorikani rivojlantirish, yurganda muvozanatni saqlashga yordam beradigan qat’iylikni shakllantirish, tomonlarga tebranishni kamaytirish uchun oyoqlarni o‘rta chiziqqa yaqin qo‘yish malakalarini o‘rgatishdan iborat. …

Batafsil

Ertaklar bola tilida

Mustaqillikning dastlabki kunlaridan moddiy madaniy yodgorliklar bilan bir qatorda nomoddiy madaniy merosni asrash, rivojlantirish, yoshlar kamolotiga xizmat qildirishga alohida e’tibor berildi. Xalq og‘zaki badiiy ijodi, xalq musiqasi va raqslari, milliy xalq o‘yinlari, urf-odatlar, rasm-rusumlar milliy qadriyatlarimiz omili sifatida doimiy diqqat-e’tiborda bo‘ldi. Prezidentimiz aytganlaridek, “…bolalarimizni milliy qadriyatlar ruhida kamol toptirish, biz kimlarning, qanday buyuk zotlarning vorislari ekanligimizni farzandlarimizga yetkazish, ularni ajdodlarimiz …

Batafsil

TRIZ texnologiyasi nima?

Hozirgi zamonaviy ta’limning eng muhim vazifalaridan biri shaxs tarbiyasida yangicha yondashuvni tashkil etishdan iborat. Bu jarayonlar bolaning ijodiy faol, mustaqil fikrlov­chi, muloqotchan va turli vaziyatlarga mos­la­shuv­chan bo‘lishini ta’minlaydi. “Sog‘lom bola” yili dasturida maktabga­cha ta’lim muassasalari uchun muhim vazifalar belgilab berilgan. Dasturda sog‘lom bolani shakllantirishda ta’lim-tarbiya tizimini ku­chaytirish, maktabgacha ta’lim muassasalarini yuqori malakali va tajribali pedagoglar bilan ta’minlash, maktabga tayyorlov darajasini …

Batafsil

Nutq o‘stirishning dolzarb masalalari

Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning ajralmas qismidir, chunki bolada aynan maktabgacha ta’lim muassasasida birinchi ijtimoiy jarayonlar shakllanadi: u tengqurlari bilan muloqоtga kiri­shadi, maktabga kirishga tayyorgarlik ko‘rish u­chun maqsadli yo‘nalishga ega bo‘lgan birinchi mashg‘ulotlar, guruhli o‘yinlarda ishtirok etadi. Bularning barchasi barkamol avlodni tarbiyalash­ga qaratilgan bo‘lib, asosiy e’tibor uning ruhiy, jismoniy va axloqiy sifatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Hozirgi davr maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarning …

Batafsil

Farzandingiz sog‘lom, oqil bo‘lsin desangiz…

Insoniyat naslining davom etishi oiladan boshlanadi va shu bois u muqaddas qo‘rg‘on sanaladi. Farzandlarning sog‘lom, oqil va bilimli bo‘lishlari ma’lum jihatdan irsiyatga va birinchi galda tarbiya o‘chog‘i bo‘lmish oilaga bog‘liq. Oilada farzandlar ma’naviyatini ilk bolalik yo­shidan shakllantirishga alohida e’tibor qaratish lozim. Ilk bolalik davrida (1 yoshdan 3 yoshga­cha) bolalarning psixikasi juda tez sur’atlar bilan rivojlanadi va ularni maktabga tayyorlash davrida …

Batafsil