Bosh sahifa | Navbatdagi mashg‘ulotga (page 5)

Navbatdagi mashg‘ulotga

Suv tomchisi: sovuqda muz, issiqda bug‘…

Maqsad: suv haqida ma’lumot berish. Uni asrashga, isrof qilmaslikka o‘rgatish. Suvning xu­susiyatlari bilan tanishtirish, amaliyotlar o‘t­kazish, suratlar orqali ishlash. Jihozlar: suv, qor, muz, bug‘ aks ettirilgan suratlar, choynak (suv qaynatish uchun), oyna. Mashg‘ulotning borishi: Tarbiyachi: – Bolalar, men bugun o‘zim bilan qor olib kelgan edim, bilmaysizlarmi, u qayerga g‘oyib bo‘ldi? Bolalar: – Erib ketdi. Tarbiyachi: – Ha, xonamiz issiq bo‘l­gani …

Batafsil

Meva va sabzavotlarni farqlaymiz

Maqsad: bolalarning tevarak-atrofga doir tushuncha va bilimlarini chuqurlashtirish, so‘z boyligini oshirish, son-sanoq, geometrik shakllar haqidagi tushunchalarini mus­tahkamlash, matematika mashg‘ulotida egallagan bilimlarini faollashtirish. Kichkintoylarda kattalar mehnatiga hurmat hissini rivojlantirish. Applikatsiya orqali sabzavot va mevalarni tasvirlash malakasini o‘stirish, tartibli ishlash, ish jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini faollashtirish. Sabzavot va mevalar nomi, turi, ishlatilishiga doir bilimlarini og‘zaki bayon etish ko‘nikmasini mustahkamlash. Mantiqiy savol-topshiriqlarni bajarishda …

Batafsil

Bolajon ustaxonasida

Maktabgacha ta’lim muassasalarining katta guruhlari uchun qurish-yasash mashg‘ulotlari Ta’lim muassasalarida ijodiy muhitni rivojlantirish vazifalarini ijro etishda maktabgacha ta’lim muassasalari ikki yo‘nalishda ish olib boradi. Birinchisi – pedagogik kadrlarning tashabbuskorligi, har bir ishga ijodiy yondashuvlari bo‘lsa, ikkinchisi bolalarda ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish. Bolada ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishda badiiy adabiyot bilan tanishtirish, tasviriy faoliyat va musiqa mashg‘ulotlari asosiy vositadir. Ijodiy ish bilan shug‘ullanish, uning …

Batafsil

Salomatlik – el boyligi

Ta’limiy maqsad: bolalarni oziq-ovqat turlari bilan tanishtirish (oqsillar, uglevodlar, yog‘­lar). Oziq-ovqatlar haqida lug‘at boyligini o­shirish, bog‘langan nutqni rivojlantirish. Tarbiyaviy: foydali va zararli mahsulotlarni farqlashga, ovqatlanish gigiyenasiga rioya qilish­ga o‘rgatish. Korreksion: tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, umumiy va mayda motorikasini rivojlantirish. Kerakli jihozlar: plakat, kompyuter, tarqatma rasmlar, slayd do‘kon ko‘rinishini aks ettirish, multimedia, o‘rmon manzarasi.

Batafsil

O‘ynab o‘rganamiz

Bola tug‘ilgandayoq uni juda ko‘p turli tovushlar o‘rab turadi: odamlarning nutqi, musiqa sadolari, barglar shitirlashi, qushlarning chug‘urlashi va hokazo. Barcha tovushlar ichida kichkintoyning qulog‘i faqatgina muloqot asosi bo‘lib xizmat qiluvchi so‘zlar, nutqiy tovushlarni qabul qilar ekan. Bola ulg‘aygan sari nutqni tinglaydi, so‘z jarangini solishtiradi, farqlaydi, ona tili tovushlarini eshitib, talaffuz etishga urinishni boshlaydi. Eshitilgan so‘zlarga taqlid qilib, takrorlaydi va muloqotga …

Batafsil