Bosh sahifa | Uslubchi kundaligi

Uslubchi kundaligi

Bo‘lay desang sog‘lomjon…

Ilk davrdagi rivojlanishning asosiy manbayi o‘yin hisoblanib, bolaning mukammal rivojlanishi o‘yin orqali amalga oshiriladi. Sog‘lom avlodni voyaga yetkazish va tarbiyalashning yo‘l-yo‘riqlari, o‘ziga xos usullari mavjud. Ayniqsa, bolani yoshligidan sport bilan shug‘ullantirish ularning sog‘lom va baquvvat bo‘lishi bilan birgalikda irodali bo‘lishiga yordam beradi. Bu esa bolaning ilk yoshidan boshlab o‘yin orqali amalga oshiriladi. Ayniqsa, harakatli o‘yinlar bola tayanch harakat tizimining rivojlanishiga …

Batafsil

Bola o‘ynab dunyo taniydi

Bolani mehnatsevarlik va jamoa oldida o‘z burchini his qilish ruhida tarbiyalash hozirgi kunning eng muhim masalalari hisoblanadi. O‘yinlar maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy ish faoliyati hisoblanadi. Bola o‘ynar ekan, tevarak-atrofdagi voqea, harakatlarni kuzatadi. Ko‘rganlarini o‘yinga kiritadi va shu o‘yin vositasida olamni o‘rganadi. O‘yinlar orqali kichkintoylarning idroki, diqqati rivojlanadi, xotirasi, tafakkuri o‘sadi. O‘yin jarayonida bolalar yangi bilim, malakalarini egallaydilar, qobiliyatlarini o‘stiradilar. Bola …

Batafsil

MTM va oila hamkorligi

Maktabgacha yoshdagi bolalarning kelgusida o‘qishni yaxshi o‘zlashtirishi, maktabga mosla­shuvini ta’minlashda ularning maktabgacha ta’­lim muassasalariga jalb etilganligi, bu bilan ta’limga qamralganligi alohida ahamiyatga ega. Har bir maktabgacha ta’lim muassasasi jamoasi o‘z hududida yashovchi oilalarning tarkibini o‘rganib, oiladagi 7 yoshga­cha bo‘lgan bolalarning ta’limga qamralganlik darajasini o‘rganishlari zarur. Bu jarayon ancha jiddiylikni avvalo, har bir oilaning ijtimoiy holatiga e’tibor berishni talab etadi. Agar …

Batafsil

Baliq chuqur soyni, toza suvni istar

(Bolalarga suv haqida tushuncha berish orqali ularga baliqlar va “sun’iy soylar” – akvariumlar chizishni o‘rgatish mashg‘uloti) Bolalarda maktabgacha yosh davridan boshlab yerosti va yerusti boyliklarini asrab-avaylash, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish kabi xislatlarni tarkib toptirish davr talabidir. “Bolajon” dasturida turli yosh guruhlari uchun ekologik tarbiya berish bo‘yicha ta’lim-tarbiya vazifalari ko‘rsatilgan. Tarbiyachi ushbu vazifalarni tabiat bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida va kun tartibining barcha …

Batafsil

Pedagogik texnologiya afzalliklari

Ta’lim-tarbiyaning samarasini ta’minlash uchun, albatta, tarbiyalanuvchining yoshini va qiziqishlarini inobatga olishimiz zarur. Chunki bolaga bilim berish jarayonida uning yoshini, imkoniyatlarini, qiziqishlarini inobatga olmay turib, kutilgan natijaga erisha olmaymiz. Kichkintoy uchun soddaroq bo‘lgan narsalarni tu­shuntirish va bu narsalarni iloji boricha rang-barang, yorqin ranglarda, o‘yinlar, pedagogik texnologiyalar, ertaklar orqali amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bola ulg‘aygan sari unga berilayotgan bilimlar hajmi ham, murakkablik …

Batafsil