Bosh sahifa | Navbatdagi mashg‘ulotga | “Echki bolalari” ertagi

“Echki bolalari” ertagi

Kichik guruhlar uchun nutq o‘stirish mash­g‘uloti

Maqsad: bolalarning ertak tinglashga bo‘lgan qiziqishini oshirish. Ertakni diqqat bilan tinglash, ma’nosini tushunish, kattalar gapiga quloq solish, ehtiyotkor bo‘lish hamda bolalarning fasllar haqidagi bilimlarini shakllantirish. Hayvonlar ovoziga taqlid qilishga o‘rgatish.
Kutilayotgan natijalar: kichkintoylarning ertakni o‘zlari mustaqil aytib berishlariga erishish.
Mashg‘ulotning borishi: bolalarni mashg‘ulotga tayyorlash. Diqqatlarini jalb qilgan holda stol usti teatridan foydalanib ertak qahramonlari nomlarini birma-bir kichkintoylarga tu­shunarli qilib ko‘rsatib aytish. Ertakda bahor fasli chiroyli tasvirlanganligi, bahor faslida tabiat uyg‘onib yanada go‘zallashishini bahor uyg‘onish, yasharish va yangilanish fasli ekanligini kichkintoylarga tushuntirish.
Mashg‘ulotda bolalarga vitaminga boy echki suti haqida gapirib beriladi. Mashg‘ulot davomida ertak yuzasidan savol-javoblar o‘tkazish.
TARBIYACHI: — Bolajonlar, biz sizlar bilan “Echki bolalari” ertagini tingladik. Sizlarga ertak yoqdimi?
Bolalar javobi.
TARBIYACHI: — Echki qanday hayvon?
Bolalar javobi.
TARBIYACHI: — Echkining nimasi bor?
Bolalar javobi.
TARBIYACHI: — Echkining bolasi nima deyiladi?
Bolalar javobi.
TARBIYACHI: — Juda to‘g‘ri, echki nima yeydi?
Bolalar javobi.
TARBIYACHI: — Uloqchalari-chi?
Bolalar javobi.

Check Also

Nutqimiz to`g`ri va ravon bo`lsin

MAVZU: HASHAROTLAR Suhbat Hasharotlarning yashash tarzi: oziqlanishi, tuzilishi (boshi, mo‘ylovi, qanoti, oyog‘i), uyi (kavak, in), …