Bosh sahifa | Mutaxassis maslahati | Ertaklar bola tilida

Ertaklar bola tilida

Mustaqillikning dastlabki kunlaridan moddiy madaniy yodgorliklar bilan bir qatorda nomoddiy madaniy merosni asrash, rivojlantirish, yoshlar kamolotiga xizmat qildirishga alohida e’tibor berildi. Xalq og‘zaki badiiy ijodi, xalq musiqasi va raqslari, milliy xalq o‘yinlari, urf-odatlar, rasm-rusumlar milliy qadriyatlarimiz omili sifatida doimiy diqqat-e’tiborda bo‘ldi.
Prezidentimiz aytganlaridek, “…bolalarimizni milliy qadriyatlar ruhida kamol toptirish, biz kimlarning, qanday buyuk zotlarning vorislari ekanligimizni farzandlarimizga yetkazish, ularni ajdodlarimiz qoldirgan ulug‘ va betakror merosning munosib davomchilari etib tarbiyalash biz uchun ham qarz, ham farzdir.” Shuning uchun ham nomoddiy madaniy merosimizni asrab, uni kelajak avlodga yetkazish bizning oliy vazifamiz hisoblanadi. Ushbu vazifani amalga oshirish yuzasidan yurtimizda bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Yurtboshimizning “2010-2020-yillarda nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturi” oldimizga ulkan vazifalarni qo‘ydi. Nomoddiy madaniy merosimizning eng sara namunalaridan biri xalq og‘zaki ijodidagi epik janr – cho‘pchak, ya’ni ertaklardir.
Ertaklarni tarixiy-tipologik va tarixiy-qiyosiy jihatdan o‘rganish hamisha jahon folklor­shunosligining eng muhim nazariy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelgan. Har bir xalq ertaklarining yaratilishi va badiiy rivoji boshqa xalqlar tarixi, og‘zaki ijodi, urf-odatlari bilan chambarchas bog‘langandir. Xalqlar o‘rtasida iqtisodiy, madaniy, savdo-sotiq, hududiy munosabatlar o‘rnatilishi jarayonida ham folklor an’analari o‘zaro aloqaga kirishadi. Masalan, O‘rta Osiyoning arablar tomonidan fath etili­shi, Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab savdo karvonlarining Sharq mamlakatlariga borib kelishi, adabiy, ilmiy, axloqiy, diniy asarlarning tarjima qilinishi natijasida arab, fors, hind ertaklarining ko‘pgina mavzulari o‘zbek folkloriga o‘zlashib ketgan. O‘rta Osiyo arablaridan yozib olingan folklor materiallari (masalan, Buxoro arablaridan yozib olingan ertaklar)ning guvohlik berishicha, keyingi I-II asr davomida arab ertakchilarining epik repertuari keskin o‘zgarishga uchragan. Bu narsa asosan arab xalq ertaklari majmuasi “Alf layla valayla”ning turkiy tilga tarjima qilinishi bilan aloqadordir.
Sharqshunos P.A.Falev “XV-XVI asrlarda “Ming bir kecha” turkumiga kiradigan ayrim ertaklar, shuningdek, “Yusuf va Zulayho” qissasi arab tilidan qrim-tatar tiliga tarjima qilinganligini, bu arab novellistik ertaklari turkiy epik an’anaga tezda singib, ertak badiiy shakli vositasida xalq orasida tarqalib ketgan”ligini qayd qilgan edi.

Check Also

Bog`chani to`g`ri tanlang

Bog’cha bolaning hayotida muhim va yetakchi o’rinni egallaydi .Shuning uchun bolaga bog’cha tanlanayotganda tumandagi eng …