Bosh sahifa | Jurnal tarixi
  • 2016-yil, 1-son

  • 2016-yil, 2-son

  • 2016-yil, 3-son

  • 2016-yil, 4-son

  • 2016-yil, 5-son

  • 2016-yil, 6-son

Jurnal tarixi

“Maktabgacha ta’lim” jurnali (“Sog‘lom avlod uchun” jurnali ilovasi)

 Ilmiy-metodik oylik jurnal

Jurnalda maktabgacha tarbiya nazariyasi,  metodikasi, amaliyoti masalalariga bag‘ishlangan maqolalar, mashg’ulotlar, manbalar yoritiladi.

“Maktabgacha tarbiya” jurnali 1991-yili O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi muassisligida ta’sis etilib, 1992-yil yanvardan chiqa boshlagan.

1995-yilda Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan “Maktabgacha tarbiya”  jurnal negizida “Sog‘lom avlod uchun” jurnali tashkil etilgan. 1999-yildan boshlab “Sog‘lom avlod uchun” jurnal muassisligida “Maktabgacha ta’lim” nomi bilan “Sog’lom avlod uchun” jurnalining ilova nashri sifatida chiqmoqda.

OAV ning turi : jurnal.

OAV ning tili – o‘zbek tili.

Maqsad va vazifalari: maktabgacha ta’lim va tarbiyaga doir barcha masalalarni – oila, davlat va jamiyat, jamoatchilik muassasalari darajasida o‘rganish, kun tartibiga qo‘yish, muhokama etish, ularning ilmiy, metodik yechimlarini topishda ko‘maklashish, maktabgacha ta’lim pedagogikasi nazariyasi, ilmi, amaliyoti  muammolarini keng va  har taraflama  yoritish, pedagog va psixolog mahorati masalalarini tahlil etish, maktabgacha ta’lim mazmuni, shakllari va metodlarini takomillashtirish uchun ijodiy sa’y-harakat ko‘rsatish, mulk shaklidan qat’i nazar barcha maktabgacha  ta’lim muassasalari faoliyatini, oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohasidagi maktabgacha ta’lim mutaxassislari tayyorlash tajribasini ommalashtirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga ko‘maklashish.

Ixtisoslashuvi: ilmiy-metodik, oylik jurnal.

Tarqatilish hududi: O‘zbekiston Respublikasi hududi (ehtiyojga qarab, xorijga ham tarqatilishi mumkin).

Davriyligi: har oyda 1 marta, yiliga 12 marta chiqadi. (Imkoniyat va ehtiyojga qarab, davriyligi o‘zgarishi, har haftada chiqishga erishish mumkin).

Hajmi: qog‘oz bichimi 60 X 84⅛, qog’oz hajmi 2,5 bosma tabaq, muqova – 4 bet, ichki matn–16 bet, jami 20 bet. (Imkoniyat va ehtiyojga qarab, hajm o‘zgarishi mumkin).