Bosh sahifa | Mudira minbari | Kichkintoylar yozgi maktabi

Kichkintoylar yozgi maktabi

Hozir barcha turdagi ta’lim muassasalarida zamonaviy ilg‘or ta’lim-tarbiya usullarini joriy qilish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Yosh avlodni barkamol inson qilib voyaga yetkazishda tarbiyachi-pedagoglarni yangi pedagogik bilim, ko‘nikma va malakalar bilan ta’minlash davr taqozosidir. Bugungi kunda ta’lim muassasalarida ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Yaqinda Toshkent shahar Olmazor tumani 269-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida “Pedagog va ota-ona” mavzusida mudiralar va tarbiyachilar ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida shahar tumanlari xotin-qizlar kengashi raislari, mahalla faollari, ota-onalar ishtirok etishdi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning kelgusida o‘qish va yozishni yaxshi o‘zlashtiri­shi, maktabga moslashuvni yengillashtirish, muammolarning oldini olish, o‘z hududida ya­shovchi oilalarning tarkibini o‘rganish, oiladagi 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning maktabgacha ta’limga qamralganlik darajasini o‘rganish, har bir oilani o‘rganib chiqib, ota-onalarga tegishli tavsiya va maslahatlar berish, tushuntirish ishlari olib borish rejalashtirildi. Bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasida tash­kil etilgan qisqa muddatli guruhlarda qo‘shimcha ta’lim bilan qamrash, oilada ta’lim berish orqali ularni maktabga tayyorlash borasida to‘xtalib o‘tildi. Maktabgacha ta’limga yo‘naltirilmagan bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasiga jalb etish, avvalo, ota-onalarni muassasada tashkil etiladigan ta’lim jarayonida bevosita ishtirokini ta’minlash, birgalikda tadbirlar tashkil etish, hamkorlikdagi tadbirlarga ularni taklif qilishga e’tibor qaratildi. Har bir bolaning mak­tab­­gacha ta’lim muassasalariga qamralishi davlat ahamiyatidagi vazifa sanalib, ota-onalar ham bu borada mas’ul ekanliklari hisobga olinib, oila a’zolari jalb qilingan holda ta’lim ishlari olib borilsa, bolalar o‘qishga, ta’lim muassasasiga nisbatan yanada ijobiy munosabatda bo‘ladi va yaxshi o‘zlashtirishni namoyon qiladi.
Suhbatni olib borgan Olmazor tumani hokim o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Rasulova ayollarning jamiyatimizdagi mav­qeyini oshirish, huquqlari va manfaatlarini, oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish, bu borada Prezidentimiz Islom Karimov olib borayotgan siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi to‘g‘risida alohida ta’kidlab o‘tdi. Seminarda jajji qizaloqlar o‘z faolligini “Zumradoylar davrasi” to‘garagining namunaviy mash­g‘ulotida ko‘rsatib berishdi.

– “Yolg‘on so‘zlamoq – yomon odat” mavzusiga bag‘ishlangan o‘yin-dramatizatsiya asosida qizlarga o‘zbek xalqining asriy urf-odatlari, an’analari va insoniy fazilatlari haqida tushun­cha berildi. Kelajakda xotin-qizlarning ta’lim olishiga, iqtidorini namoyon qilishiga, jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga – maktabgacha davrda asos solinadi. Bu o‘rinda maktabgacha ta’lim muassasasida tashkil etiladigan “Zumradoylar davrasi” to‘garagining asosiy vazifasi qizaloqlarni jamiyat qonun-qoidalari bilan tanishtirib, ularning adaptatsiyasi (moslashuvi) nisbatan osonroq ke­chi­shini ta’minlaydi” – deydi, muassasa uslub­chisi Noiba Umarova.
Seminarda yoz davrida bolalarni maktabdagi ta’limga tayyorlash maqsadida kichkintoylar yozgi maktabi loyihasi ishlab chiqildi. Shu kunlarda yurtimizdagi barcha MTMda ham yozgi sog‘lomlashtirish ishlari tashkil etilmoqda. Bun­dan ko‘zlangan asosiy maqsad kich­kintoylarni jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantirish uchun sharoit yaratishdan iborat. Bolalarni jismonan sog‘lomlashtirish, atrof-olamga qiziqtirish, meh­nat, madaniy gigiyenik ko‘nikmalarini shakllan­tirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu bilan birga, ota-onalar o‘r­tasida farzandlarini yozda chiniqtirish ishlarini tashkillashtirish bo‘yi­cha ishlar olib borilmoqda. Shundan kelib chiqib, muassasamizda “Kichkintoylar yozgi maktabi” loyihasi ishlab chiqildi. Quyida sizlarga ushbu loyihani taqdim etamiz:

Check Also

Kitob yog‘dusi

Kitob bir necha ming yillar avval paydo bo‘lgan eng qadimgi va noyob kashfiyotlardan biri sanaladi. …