Bosh sahifa | Davlat talablari amalda | Maktabgacha ta’lim kamoloti

Maktabgacha ta’lim kamoloti

Maktabgacha ta’lim davrining samarali va sifatli o‘tishi bolaning boshlang‘ich sinflardagi muvaffaqiyatini belgilaydi. Ta’lim islohotlari ne­gizida, xususan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’kidlanganidek, maktabgacha ta’­lim uzluksiz ta’lim tizimining birinchi bosqichi sifatida e’tirof etiladi. Ijodkor, ijtimoiy faol, ma’­naviy jihatdan boy shaxsni shakllantirish va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash milliy modelning eng muhim tarkibiy qismiga aylandi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan rivojlantirish, ularning tug‘ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida mun­tazam ta’­lim olishga tayyorlashdan iborat.
Ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirish, barkamol shaxsni shakllantirish ertangi taqdirimizni belgilab beruvchi bugungi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Ta’limdagi yangilanish faqat bolalarga yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni berish bilangina chegaralanmasdan, balki jamiyat, davlat, tabiat va mehnatga munosabatni o‘zgartirishni ham nazarda tutadi.
Maktabgacha yosh davri — 3 yoshdan 7 yosh­gacha bo‘lib, bola shaxsi va ruhiyati rivojlanishi uchun asosiy bosqich hisoblanadi. “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturining 106-bandida bar­cha maktabgacha ta’lim muassasalarida maktab­gacha yoshdagi qiz bolalar ma’naviy-axloqiy tarbiyasini bolalikdan boshlash, ularda go‘zal fazilatlarni tarbiyalashga qaratilgan “Zumrad­oy­lar davrasi” to‘garagini tashkil etish belgilab berilgan.
“Zumradoylar davrasi” to‘garagi yo‘riqnomasi zamirida uyda o‘zini tutish, ota-onaning gapiga quloq solish, aka-singillariga mehribon bo‘­lish, to‘g‘riso‘zlik, mehnat, ilm olishga qiziqish, pazandalikdan ilk saboq olish, tozalikka rioya qilish va kattalar oldida odob saqlash kabi bir qator axloq qoidalari ko‘rsatib o‘tilgan. Hozirda barcha maktabgacha ta’lim muassasalari yangi ta’lim-tarbiya dasturi asosida ish olib bormoqda. Bu dastur kichkintoylarga bilim va ko‘nikmalarni o‘yinlar orqali o‘rgatib boradi.

Toshkent shahar Yu­nus­obod tumaniga qarashli 235-MTMda “Zum­radoylar davrasi” to‘­garagining “Ona va bola – gul bilan lola” shiori ostidagi tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda oila va mak­tab­gacha ta’lim muassasasi hamkorligida tarbiyalanuvchilarda ahillik, mehnatsevarlik, xushmuomalalik, kamtarlik, shaxsiy gigiyenaga rioya qilish kabi ijobiy xislatlarni tarkib toptirishni ibratli misollarda ko‘rsatish bosh maqsad qilib olingan.
Ota-onalarning maktabgacha ta’lim muassasalari bilan izchil, muntazam hamkorligi nati­jalari o‘tkazilgan tadbir davomida namoyon bo‘ldi.
Bolada axloqiy yuksak fazilatlarni tar­biya­lash­da oiladagi muhitning sog‘lom bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Jajjilarni ilk yo­shidan boshlab milliy urf-odatlar, an’analar va insoniy xislatlar asosida tarbiyalab borish lozim.

Check Also

Maktabgacha ta’lim vazirligining asosiy vazifalari

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси қарори билан Мактабгача таълим вазирлиги тўғрисидаги низом ҳамда Мактабгача таълим муассасалари …