Bosh sahifa | Aql qayrog‘i | Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi

Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 sentabrda maktabgacha ta`lim tizimini boshqarishni takomillashtirish haqidagi farmonni imzoladi. Hujjatga ko’ra Maktabgacha ta`lim vazirligini tashkil etish ko’zda tutilgan.

Yangi vazirlik tizimiga Qoraqalpog’iston maktabgacha ta`lim vazirligi, Toshkent shahri maktabgacha ta`lim bosh boshqarmasi, viloyatlarning maktabgacha ta`lim boshqarmalari va ularning shahar va tumanlardagi bo’limlari kiradi.

Farmonda aytilishicha, oxirgi 20 yil ichida maktabgacha ta`lim muassasalari (MTM) soni 45 foizdan ko’proqqa qisqarib ketgan, bolalarning maktabgacha ta`lim muassasalari tomondan qamrab olinishi 30 foizga yaqinni tashkil etadi.

Yangi vazirlikning asosiy vazifalari ichida O’zbekistonda o’zaro raqobatlashuvchi davlat va nodavlat MOMlari tarmog’ini yaratish hisobiga bolalarning maktabgacha ta`lim bilan to’liq qamrab olinishini bosqichma-bosqich ta`minlash hamda maktabgacha ta`lim va bolalarni tarbiyalashning muqobil shakllarini amaliyotga tatbiq qilish hisoblanadi.

Shu munosabat bilan maktabgacha ta`lim rahbarlari va pedagogik xodimlarini zamonaviy texnologiyalar va metodlar negizida qayta tayyorlash va «bolalarni tarbiyalash bo’yicha munosib sharoitlar»ni yaratish rejalashtirilgan.
manba: kun.uz

Check Also

Bolalarda huquqiy ongni shakllantirish

Mamlakatimizda yosh avlodning huquqiy ong va madaniyatini shakllantirish hozirgi davrning dolzarb masalalaridan biri sanaladi. Chunki …