Bosh sahifa | Mutaxassis maslahati | Maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari

Maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari

Ota-onalar har bir bola ruhiy rivojlanishda o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi va bu xususiyatlar ularning u yoki bu faoliyat turini egallashida namoyon bo‘lishini yodda tutishlari lozim. Ba’zi bolalar endigina birinchi so‘zlarni o‘zlashtirganlarida ularning tengqurlari allaqa­chon ma’lum bir iboralar bilan gaplasha oladigan bo‘ladi. Bolalarning ba’zilari ma’lum bir syujetli rasmlarni chiza boshlagan vaqtda bosh­qalari juda sodda rasmlarni ham chizishga qiynaladilar.
Ta’lim jarayonida bola imkoniyatlarining namoyon bo‘lishi muayyan darajada irsiy omillarga ham bog‘liq.
Bolalar o‘z temperament xususiyatlariga ko‘­ra ham bir-birlaridan ajralib turadi: xush­chaqchaq, sergap, quvnoq, hayotning o‘zgaruvchan sharoitlariga tez moslasha oladigan bolalar – sangvinik temperamentga mansub bo‘ladilar. Ko‘pincha noxush kayfiyatda yuradigan, ta’sirchan, kamgap, sust bolalar – melanxolik temperamentga kiradilar. Xotirjam, befarq, kamharakat, nutqi sust bolalar – flegmatiklardir. Jahldor, betoqat, serzarda, harakatchan bolalar – xoleriklar hisoblanadi.
Temperament tiplarining mutlaqo ijobiysi yoki salbiysi bo‘lmaydi. Ulardan har birining o‘ziga xos afzallik va kamchilik jihatlari mavjud. Shuning uchun ham bolaning u yoki bu temperament turiga mansubligi uning o‘qishida muvaffaqiyatlarga erishishiga yordam berishi ham, xalaqit qilishi ham mumkin.
Flegmatik bolaga uning sabr-toqatliligi va quntliligi yordam beradi. Xolerik bola o‘quv materiallarini tez o‘zlashtirib oladi. Sangvinik temperamentiga mansub bo‘lgan bola o‘qishni oson egallaydi, lekin unda ma’lum bir tizim bo‘lmaydi. Bolani maktabga tayyorlash jarayonida uning temperament xususiyatlari ota-onalar tomonidan hisobga olinishi, ya’ni uning afzallik tomonlari rivojlantirilib, kamchilik jihatlari bartaraf etib borilishi kerak.

Check Also

Mtmda bola ijodkorligini rivojlantirish

Maktabgacha yoshdagi bolalarga qo‘l mehnati orqali zamonaviy, qiziqarli hamda foydali buyum, o‘yinchoqlar yasashni o‘rgatish maqsadga …