Bosh sahifa | Yangi pedtexnologiyalar | Mashg‘ulot samaradorligini oshirishda to‘garak rahbarining o‘rni

Mashg‘ulot samaradorligini oshirishda to‘garak rahbarining o‘rni

Ta’lim jarayonini ijodiy yondashuv asosida tashkil etishda interfaol ta’lim va interfaol metodlarning o‘rni beqiyosdir. Zero, ular o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘quvchilarni faollikka undash, ta’lim jarayonida qizg‘in bahs va munozaralarni yuzaga keltirish imkoniyatiga ega.
Darslarga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish mash­g‘ulotning tartibli, mazmunli va qiziqarli ke­chishini ta’minlabgina qolmay, berilayotgan bilimlarning o‘quvchilar tomonidan samarali o‘zlashtirilishiga yordam beradi. To‘garak mash­g‘ulotiga tayyorgarlik ko‘rish o‘z mutaxassisligini yaxshi bilgan to‘garak rahbari uchun qiyin emas. Bunda asosiy e’tibor mashg‘ulotning umumiy loyihasini ishlab chiqish hamda maqsadlarni to‘g‘ri belgilashga qaratilishi lozim:

  • mashg‘ulotda mantiqiy davomiylikni ta’­minlash;
  • mashg‘ulot­ni uslubiy jihatdan to‘g‘ri tash­­kil etish;
  • mashg‘ulot­ni tashkiliy jihatdan to‘g‘ri uyushtira olish.

To‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etishda interfaol ta’lim usullaridan foy­dalanish yaxshi samara beradi. Avvallari intеrfaol ta’lim usullari ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchi bilan o‘quv­chilar, o‘quvchilar bilan o‘qituvchilar o‘rtasidagi muloqotlarda muhokama, munozara, muzokara, mulohaza, tahlil, mash­varat, mushoira, mutolaa kabi shakllarda qo‘llanib kеlingan. Bu usullar o‘quv­chilarning nutq, tafakkur, mulohaza, zеhn, istе’dod, zakovatlarini o‘stirish orqali ularning mustaqil fikrlaydigan, komil inson bo‘lib voyaga yеtishlariga xizmat qilgan.
“Intеrfaol” tushunchasi inglizcha “interact” so‘zidan olingan. (“Inter” – “birgalikda”, “act” – “harakat qilish”). Intеr­faol o‘qitish kognitiv faoliyatni tashkil etishning maxsus tu­ridir. Intеrfaol ta’lim usuli har bir o‘qituv­chi tomonidan mavjud vositalar va o‘z imkoniyatlari darajasida amalga oshiriladi.
Intеrfaol ta’lim tеxnologiyasi – o‘qituvchining barcha o‘quvchilar ko‘zda tutilgandеk o‘z­lashtiradigan mashg‘ulot olib borishini ta’­minlaydi. Bunda har bir tinglovchi-o‘quvchi o‘z motivlari va intеllеktual darajasiga ega holda mash­g‘ulotni oldindan ko‘zda tutilgan darajada o‘zlashtiradi. Quyida interfaol ta’lim usullaridan namunalar keltirilgan.

  • davra suhbati;
  • kichik guruhlarda ishlash;
  • kichik ma’ruza;
  • munozara;
  • aqliy hujum;
  • dеbatlar;
  • rolli o‘yinlar.

Check Also

Bolalarga qum bilan chizish san’atini o‘rgatish

Maktabgacha bo‘lgan davr – bolaning uni o‘rab turgan olam bilan tanishish va bilish davri hisoblanadi. …