Bosh sahifa | Aql qayrog‘i | Mustaqillik maydoni-tinchlik ramzi

Mustaqillik maydoni-tinchlik ramzi

O`zbek xalqining milliy g`ururini ko`klarga ko`targan, uning dunyo sahnasidagi o`rnini mustahkamlashda asosiy omillardan biri bo`lib xizmat qilgan, uzoq asrlar davomida butun ruhiyatiga singib ketgan hissiyot – uning Vataniga bo`lgan mehr-muhabbatidir. Qalbida milliy g`urur tuyg`usi jo`sh urib turgan insongina o`z yurti uchun buyuk ishlarga qodir bo`ladi. Yosh avlodni yurtga bo`lgan sadoqat, uning shon-shuhratini dunyo miqyosiga olib chiqish ruhida tarbiyalash, avvalo, ota-onaning, qolaversa, pedagog-tarbiyachilarning muqaddas burchidir.
Mustaqillik maydoni – tinchlik ramzi

Maqsad: Bolalarga mustaqillik tushunchasining mazmun-mohiyatini yetkazish, mustaqil hikoya tuzish ko’nikmasini shakllantirish. Bolalarda bog`langan nutqni rivojlantirish, to`g`ri jumla tuzishni o`rgatish. Zamonaviy texnologiyalarni qo`llash, trening usulida o`yinlar, savol-javoblar tashkil etish. Jamoa bo`lib harakat qilishga o`rgatish. Mashg`ulotda o`zini tutish, aktyorlik mahoratini namoyon etish.
Kutilayotgan natija: tarbiyalanuvchilar mustaqillik so`zining ma`nosini aytib bera oladi, Vatan, istiqlol, erkinlik, tinchlik kabi so`zlarning mazmun-mohiyatini anglab yetadi. Shu bilan birga so`zlarni to`g`ri talaffuz qilishni o`rganadi.
Kerakli jihozlar: mustaqillik maydoni, bayram shukuhi tasvirlangan rasmlar.
Mashg`ulotda qo`llaniladigan metodlar: “Aqliy hujum”, “Esse”.
Mashg`ulotning borishi:
Tarbiyachi bolalarga O`zbekiston Respublikasi, uning mustaqillikka erishgani, obod va farovon hayotimiz, diyorimizdagi o`zgarishlar, tinch va musaffo osmonimiz haqida ma’lumot beradi. Shundan so`ng guruhdagi bolalardan mustaqillik, Vatan tushunchalari haqida so’raydi. Bolalar bilganlarini bayon etishadi.
1- bola: ¬– Mustaqillik, bu – yaxshi yashash, erkinlik, hech kimga qaram bo’lmaslik.
2- bola: – Vatan, bu – uyimiz, ko’chamiz, shahrimiz, ona qishlog’imiz, tug’ilgan joyimiz.
TARBIYACHI: – Bolajonlar, sizning javobingizdan shunday xulosaga kelamiz: Vatan – tug’ilgan joyimiz, ona shahrimiz! Uning obodligi va farovonligi, tinchligi uchun barchamiz birdek mas’ulmiz! Mustaqillik esa eng qimmatbaho ne’mat. Uni qadrlash, asrash har birimizning +ulkan maqsadimizga aylanishi lozim.
Tarbiyachi bolalarni guruhlarga ajratib, har bir guruhga “Mustaqillik maydoni – tinchlik ramzi” suratini tarqatadi. Tarbiyachi mazkur rasmlarga binoan har bir guruhdagi bolalarga bajaradigan ishlari to`g`risida tushuncha beradi. Bunda bolalardan rasmga qarab hikoya tuzish so`raladi. Har bir guruh 4–5 nafar boladan iborat bo`ladi. Ularga turli topshiriqlar beriladi.
1-guruhdan rasmdagi qizlar va o`g`il bolalarning sonini aniqlash so`raladi.
2-guruh esa ularning kayfiyati va harakatlarini aytib berishi kerak.
3-guruhga rasmdagi bolalar kiyimlari va ranglarini tasvirlash vazifasi beriladi.
Shundan so`ng tarbiyachi yana bir karra O`zbekiston Respublikasi, mustaqillik bayrami, tinchlik, osoyishtalik kabi tushunchalarning mazmunini yoritib beradi.
Tarbiyachi bolalarga quyidagi savollar bilan murojaat qiladi:
1. O`zbekiston Respublikasi qachon mustaqillikka erishgan?
2. Mustaqillik deganda, nimani tushunasiz?
3. Tinchlik nima?
4. Vatan deganda, nimani tushunasiz?
Bolalar tarbiyachining savollariga javoban o`zlari bilgan, tushungan fikrlarini aytib beradilar. Mashg`ulot yakunida ular bilan birgalikda bajarilgan ishlar tahlil qilinadi va faol ishtirok etgan guruh a’zolari rag`batlantiriladi.

Surayyo SANAYEVA,
Navoiy davlat pedagogika instituti
“Maktabgacha ta’lim” kafedrasi o’qituvchisi

Check Also

O`zbekiston o`qituvchi va murabbiylariga

Қадрли ва муҳтарам устозлар! Аввало, сиз, азизларни, сизларнинг тимсолингизда устоз деган шарафли номни улуғлаб келаётган …