Bosh sahifa | Navbatdagi mashg‘ulotga | Nutqimiz to`g`ri va ravon bo`lsin

Nutqimiz to`g`ri va ravon bo`lsin

Mukarram AYUPOVA,
Nizomiy nomidagi TDPU professori,
pedagogika fanlari nomzodi.
Shahnoza ARIPOVA,
Nizomiy nomidagi TDPU o‘qituvchi

MAVZU: “Kasblar”

Suhbat
Shahar va qishloq sharoitidagi kasblar; u yoki bu kasbning qanday foyda keltirishi, qayerda qanaqa kasb egasi bo‘lishi mumkinligi, har bir kasb egasi va ularning nima bilan mashg‘ul bo‘lishi haqida suhbat uyushtirish.

4 maqola

Leksiko-grammatik o‘yin va mashqlar¬
• “Kim nima qiladi?” Fe’l so‘z turkumiga oid so‘zlardan otlarni hosil qilish.
O‘qitmoq-o‘qituvchi, qurmoq-quruvchi, yuklash-yukchi, o‘ynamoq-o‘yinchi, sotmoq-sotuvchi, uchmoq-uchuvchi.

• “So‘z tanlang”. Ma’noga mos so‘zni tanlash.

• “Kim qanday mashinalarni boshqaradi?” So‘z yasash malakasini shakllantirish; kasblarning nomlarini o‘zlashtirish va mustahkamlash.
Traktorchi traktorni haydaydi. Mashinist poyezdni boshqaradi. Haydovchi mashina haydaydi. Uchuvchi samolyotni boshqaradi. Kosmonavt raketada uchadi. Kapitan kemani boshqaradi.

• “Kim bo‘lishni xohlaysan?”
Men o‘qituvchi yoki shifokor bo‘lishni xohlayman.
Men oshpaz yoki sotuvchi bo‘lishni xohlayman va h.k.

• “So‘zni aniqlashtiring”. G‘allakor, shifokor, baliqchi, traktorchi, qo‘shiqchi, surnaychi, o‘qituvchi, bog‘bon.

Bolalar so‘zlarga aniqlik kiritadilar, kim nima bilan shug‘ullanishi haqida so‘zlab beradilar.
Bog‘langan nutqni rivojlantirish
• Ushbu suhbat asosida logoped bergan savollar yordamida bolalar o‘z ota-onalarining kasblari haqida hikoya tuzadilar.

Jismoniy daqiqa – logoritmika
“Kasblar” nutqiy harakatli o‘yini. Harakatni improvizatsiya qilish.

Kasblar ko‘pdir dunyoda,
Barchasi ham ziyoda.
O‘qing, tinglang, yod oling,
Kasblar haqida bilib oling.
O‘qituvchi, quruvchi,
Oshpaz, raqqos, qo‘shiqchi,
Haydovchi va sartarosh,
Usta, o‘ymakor, naqqosh.

“Sh” tovushi artikulyatsiyasi va talaffuzini aniqlashtirish. “Sh” harfi.
Tovush tavsifi (undosh – cho‘zib aytilmaydi, sirg‘aluvchi, yumshoq, ovozsiz aytiladi. “To‘siqcha” mashqi bajariladi, lablar kulgi holatida, oldingi tishlar ko‘rinib turadi – “Sh – sh – sh”).
“Eslang va nomlang”. Bolalar navbat bilan tarkibida “sh” tovushi bo‘lgan so‘zlarni eslaydilar va aytadilar, tovushning so‘zdagi o‘rnini aniqlaydilar.

“Qarsak chaling”. Logoped so‘zlarni birma-bir aytadi, bolalar tarkibida “sh” tovushi uchragan so‘zni eshitganlarida, qarsak chaladilar.


“She’rni takrorlang”. Bo‘g‘inlarni o‘qish malakasini oshirish.

“Harflarni joylashtiring”.

“Sh” tovushi bilan o‘ynaymiz”. O‘yin maydonchasiga rasmlar to‘rt qator qilib joylashtirilgan. Bolalar logopedning ketidan qofiyali mashqni takrorlaydilar, keyin so‘zlardagi “sh” tovushining o‘rnini aniqlaydilar.

“Qopdagi nima?”. Ot so‘z turkumidagi so‘zlarni sanoqqa moslashtirish.
Logoped raqam ko‘rsatadi (2 dan 5 gacha), so‘ngra qopdan biron rasmni oladi va so‘raydi: “Qopda nechta mushuk bor?” Bolalar javob beradi: “Qopda ikkita mushuk bor. Qopda beshta mushuk bor” va h.k. Qopdagi rasmlar: shaftoli, sharf, mushuk, shar, sholg‘om va h.k.

“Sh” harfi bilan tanishtirish: konturi bo‘ylab chizib chiqish, stol ustiga barmoq bilan yozish, tayoqchalardan yasash, alifbodan izlab topish.

Gap tuzish, uni o‘qish va tahlil qilish: “Sharifa shifoxonaga bordi. Shahlo do‘kondan shakar, shaftoli va sholg‘om olib keldi”. Gaplarning grafik chizmasini tuzish.

Sharifa shifoxonaga bordi.

Shahlo do‘kondan shakar, shaftoli va sholg‘om olib keldi.

Check Also

MTMda INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH

Maktabgacha ta’lim muassasalarida maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab, shu …