Bosh sahifa | Maktabga tayyorlov | Nutqimiz to‘g‘ri va ravon bo‘lsin

Nutqimiz to‘g‘ri va ravon bo‘lsin

Leksiko-grammatik mashq va o‘yinlar
• “Nima tayyorlaymiz?” Ot so‘z turkumiga oid so‘zlardan sifatlarni hosil qilish.
Logoped baliq, go‘sht, tovuq, non, sut, shakar, tvorog, tuxum kabi mahsulotlar tasvirlangan predmetli rasmlarni tarqatadi.
Har bir bola o‘zidagi mahsulotdan nima tayyorlashini gapirib beradi (go‘shtli kabob, tovuqli sho‘rva, nonli qalamchalar, sutli choy, sabzavotli bo‘tqa, mevali sharbat, shirin kulcha, tvorogli pirog va h.k.).

• “Nima iste’mol qilamiz?” Qarama-qarshi ma’noli (qiyoslovchi) gap tuzish va unda kelasi zamon fe’lini qo‘llash.
Men pishloq yeyman, Oydin esa non yeydi.

• “Bu nima uchun kerak?” Nutqda “uchun” ko‘makchisini qo‘llash.
Bolalar logoped bilan birgalikda quyidagi predmetlar nima uchun kerakligini aniqlashtiradilar: muzlatkich, go‘sht maydalagich, sharbat chiqargich, samovar, oshxona kombayni, non idish, tuzdon, choynak, salat idishi va h.k.

• “Xatoni toping”. Uyushiq bo‘lakli gaplarni tuzish. Eshituv diqqatini rivojlantirish.
Men choy pishirib, somsa qaynatyapman. Men sharbat yeb, manti ichyapman. Men krem qovurib, kartoshkani ko‘pirtiryapman. Men kotlet qaynatib, sho‘rvani qovuryapman. Men tort ichib, sharbat yeyapman.

Check Also

Maktabga ilk qadam

Zamonaviy bolalar maktabga tayyor! Haqiqatan ham ta’lim olish jarayoni yildan yilga shunchalar rivojlanib bormoqdaki, 1 …