Bosh sahifa | Maktabga tayyorlov | Nutqimiz to‘g‘ri va ravon bo‘lsin

Nutqimiz to‘g‘ri va ravon bo‘lsin

Bog‘langan nutqni rivojlantirish
• “Nima shirinroq?” ertagini qayta hikoya qilish.
“Tushlik vaqti oziq-ovqat mahsulotlari o‘zlarining qay darajada mazaliroq ekanliklari haqida bahslashib qoldilar. Kotlet dedi:

— Men hammadan mazaliman, chunki go‘shtdan tayyorlanganman.
Sho‘rva dedi: — Men hammadan mazaliman, chunki tovuq go‘sh­tidan tayyorlanganman.
Salat esa ularga javoban: — Yo‘q, men hammadan mazaliman, chunki sabzavotlardan tayyorlanganman.
— Men hammadan mazaliman, chunki sarxil mevalardan tayyorlanganman, — deb inkor qildi sharbat.
— Men hammadan mazaliman, chunki tvorogdan tayyorlanganman, — deb aralashdi pirog.
— Men hammadan mazaliman, chunki baliqdan tayyorlanganman, — dedi qovurma.
Bo‘tqa esa:— Men hammadan mazaliman, chunki men olmadan tayyorlanganman, — dedi.
Kisel ularning fikriga qo‘shilmasdan: — Yo‘q, men hammadan mazaliman, chunki meni qu­lupnaydan tayyorlashgan, — dedi.
Unga qarata sutli choy: — Men hammadan mazaliman, chunki meni eng foydali bo‘lgan sutdan tayyorlashadi.
Tursunoy oziq-ovqat mahsulotlarining bahslashayotganini eshitdida, ularga dedi:

— Bahslashmanglar, sizlarning hammangiz juda mazalisizlar. Men hammangizni mazza qilib yeyman.
Logoped bolalarga ertakni sahnalashtirishni, undan keyin har bir bola oziq-ovqat mahsulotlari haqida o‘z ertaklarini o‘ylab topishni taklif etadi.

Jismoniy daqiqa – logoritmika
• “Oziq-ovqat mahsulotlari” nutqiy harakatli o‘yini. Logoped rasmlarni navbati bilan terib chiqadi va qofiyali gaplar qatorini o‘qiydi. Keyin uni bolalar bilan birga takrorlaydi, takrorlash chapak chalish yordamida amalga oshiriladi (har bir qatorga to‘rttadan chapak chalinadi).

Yashardi pishloq, kotlet,
Marmelad, zefir, konfet,
Sharbat, meva, sabzavot,
Nomlab deymiz mahsulot,
Ataymiz biz ovqatlar,
Sevimli mahsulotlar.

“S” tovushi artikulyatsiyasi va talaffuzini aniqlashtirish. “S” harfi.
• Tovush tavsifi (undosh – cho‘zib aytilmaydi, sirg‘aluvchi, ovozsiz aytiladi – qo‘l tomoqda. “To‘siqcha” mashqi bajariladi, lablar kulgu holatida, oldingi tishlar ko‘rinib turadi: “S-s-s”).

• “Eslang va nomlang”. Bolalar navbat bilan tarkibida “s” tovushi bo‘lgan so‘zlarni eslaydilar va aytadilar, tovushning so‘zdagi o‘rnini aniqlaydilar.

Check Also

Maktabga ilk qadam

Zamonaviy bolalar maktabga tayyor! Haqiqatan ham ta’lim olish jarayoni yildan yilga shunchalar rivojlanib bormoqdaki, 1 …