Bosh sahifa | Maktabga tayyorlov | Nutqimiz to‘g‘ri va ravon bo‘lsin

Nutqimiz to‘g‘ri va ravon bo‘lsin

• “Biz “S” bilan o‘ynaymiz”:
Biz “S” bilan o‘ynaymiz,
“S–S–S”, – deb takrorlaymiz.
Biz sanaymiz, sakraymiz,
To‘xtab, yana sakraymiz.
Bo‘g‘inlarda aytamiz,
“S”ni so‘zda aytamiz.
As–as – sira kerakmas,
Os–os–os – bizlarga mos.

• “Nima yetishmayapti?”
Samolyot qanotsiz bo‘lmaydi, sahro qumsiz bo‘lmaydi, avtobus g‘ildiraksiz bo‘lmaydi, stul o‘rindiqsiz bo‘lmaydi, samovar jo‘mraksiz bo‘lmaydi, sandiq qopqoqsiz bo‘lmaydi, sigir quloqsiz bo‘lmaydi, sohil irmoqsiz bo‘lmaydi.

• “S” harfi bilan tanishtirish: konturi bo‘ylab chizib chiqish, barmoq bilan stol ustida yozish, alfavitdan izlab topish.

Logoped. “S” harfi.
“S” nimaga o‘xshaydi? (Yarim oyga, yarimta teshik kulchaga…)

• So‘zlarni o‘qish va tuzish: o‘s – o‘si – osi – bosi – yasi – yasli – asli; tom – tok – sok – soz – sol – son – sop – sot – sut – suv – suz – suzma.

“Jonli harflar” (soya, sol, suv, suzma, xas­cho‘p, xasip, gilos). Harfning so‘zdagi o‘rnini aniqlash.

• Gap tuzish, uni o‘qish va tahlil qilish: “O‘s­mani bosma. Unga suv sep”.
• “Salimaning so‘zlari” hikoyasi.
“Salima o‘qishni va yozishni o‘rganib oldi. U kubikchalardan “sichqon” so‘zini yozdi, biroq mushugi Mosh uchta kubikni olib qochib ketdi va berkitib qo‘ydi. Salimaning so‘zi “son” ga aylanib qoldi. Mosh qanday harflarni berkitib qo‘ydi? (I, ch, q.) Nima uchun?”.

Mukarram AYUPOVA,
Nizomiy nomidagi TDPU professori, pedagogika fanlari nomzodi.
Shahnoza ARIPOVA,
Nizomiy nomidagi TDPU o‘qituvchisi.

Check Also

BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHNING METODIK-TASHKILIY ASOSLARI

Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog`lom va yetuk qilib maktabga tayyorlash maqsadini ko`zlaydi. Ta’lim-tarbiya qancha erta …