Bosh sahifa | Maktabga tayyorlov | Nutqimiz to‘g‘ri va ravon bo‘lsin

Nutqimiz to‘g‘ri va ravon bo‘lsin

• So‘zni top. Nutqda birlik va ko‘plikdagi fe’l­larni qo‘llash. Fe’llardagi ko‘plik qo‘shim­chasi ovoz bilan ajratiladi.
Gul so‘liydi, gullar esa …
Qush uchadi, qushlar esa …
Odam kiyinadi, odamlar esa …
Barg sarg‘ayadi, barglar esa …
Meva pishadi, mevalar esa …

Bog‘langan nutqni rivojlantirish.
• Yuqorida berilgan gaplardagi so‘zlardan foydalanib “Kuz” mavzusida bog‘langan hikoya tuzish.
Yoz tugadi va … boshlandi. Kunlar …, odamlar … kiyina boshladilar. Daraxtlar, o‘tlar …, … maydalab yog‘moqda. Qushlar … … uchib ketmoqdalar. Odamlar … yig‘ib olmoqdalar. Tez kunda … ham boshlanadi.
Bolalar hikoyani kattalar yordamisiz takrorlaydilar.

Jismoniy daqiqa – logoritmika.
• “Kuz” she’ri vazni (takti)ga mos bo‘lgan harakatlarni bajarish. O‘yin mashg‘ulot o‘rtasida takrorlanadi.
Sarg‘ayadi ko‘katlar,
(qo‘llar belda, shahdam qadamlar bilan yurish)
Barg to‘kadi daraxtlar.
(qo‘llarni tepadan pastga tushirish)
Hosil yig‘ib olinar,
(terib, etakka solish harakati)
Bu kuz faslida bo‘lar.
(ikki qo‘lni oldinga cho‘­zish)

“A” tovushining artikulyatsiyasi va talaffuzini aniqlashtirish.
• Logoped bolalarga atrof-olamdagi turli-tuman tovushlar haqida gapirib beradi, ularning ayrimlari (qo‘ng‘iroqcha, childirma, bolg‘acha, kalitlar, suv, shamol, qo‘ng‘iz, yo‘lbars va h.k.) qanday ovoz chiqarishini ko‘rsatadi.

• Logoped har bir so‘zda bir nechta tovushlar bo‘lishini bolalarga tushuntira borib, doskaga qo‘yilgan rasmlarni nomlaydi. Nomlash chog‘ida har bir tovushni cho‘zib talaffuz qiladi. Masalan: A-a-yiq.

Check Also

BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHNING METODIK-TASHKILIY ASOSLARI

Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog`lom va yetuk qilib maktabga tayyorlash maqsadini ko`zlaydi. Ta’lim-tarbiya qancha erta …