Bosh sahifa | Maktabga tayyorlov | Nutqimiz to‘g‘ri va ravon bo‘lsin

Nutqimiz to‘g‘ri va ravon bo‘lsin

MAVZU: “Qishlovchi qushlar”
Suhbat

Nima uchun qishlovchi qushlar bunday nomlanadi; ular nima bilan oziqlanadi; qayerda yashaydi; ularning foydali tomonlari nimada; qish kunlarida insonlar qushlarga qanday yordam beradilar?

Leksiko-grammatik o‘yin va mashqlar
• “Qushlar” mavzusida viktorina
– Bu qanday qush?
– Nima uchun u bunday nomlanadi?
– Qushning tana qismlarini aytib bering.
– Bu parrandami yoki yovvoyi qush?
– U qayerda yashaydi?
– Uning bolalarini nomlab bering.
– Bu qushning qanday foydasi bor?
– Insonlar qushlarga qanday yordam beradilar?
– Qushlarning donxo‘raklariga nima sepadilar?

• “Orttirib ayting”. Sifatning orttirma darajalari yordamida so‘zlarni hosil qilish:
qora pat – qop-qora pat; oq bo‘yin – oppoq bo‘yin; qizil ko‘krak – qip-qizil ko‘krak; o‘tkir tirnoqlar – juda o‘tkir tirnoqlar, uzun dum – juda uzun dum; oq par – oppoqqina par; dumaloq bosh – dum-dumaloq bosh; chaqqon panjalar – eng chaqqon panjalar; yumshoq patlar – yum­shoqqina patlar.

Check Also

“Yo‘l harakati shahri”ga sayohat

Bolaning katta hayotga qadam qo‘yishi, avvalo, oiladan, ota-ona tarbiyasidan boshlansa, maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim-tarbiyaga yordamchi …