Bosh sahifa | Maktabga tayyorlov | Nutqimiz to‘g‘ri va ravon bo‘lsin

Nutqimiz to‘g‘ri va ravon bo‘lsin

• “Nima uchun?” Bolalarning qush tana qismlari haqidagi bilimlarini mustahkamlash.
Qushga tumshug‘i nima uchun kerak?
Qanotlari nima uchun kerak?
Qushga nima uchun panjalar (patlar, dum, tirnoqlar, ko‘zlar, bo‘yin) kerak?

• “Gap tuzing”. Uchta tayanch predmetli rasm orqali gap tuzish malakasini shakllantirish.
Qush – in – donxo‘rak. (Qushcha inidan u­chib chiqdi va donxo‘rakka qo‘nib, don cho‘qiy boshladi.)

Qush – kapalak – polaponlar. (Qush kapalak tutib oldi va uni polaponlariga olib keldi.)

Polapon – bola – in. (Polapon yerga tushib ketdi, bola esa uni oldi-da, iniga solib qo‘ydi.)

• “Nima uchun bunday nomlanadi?” Bolalarni murakkab so‘zlar ma’nosini tushuntirib berishga o‘rgatish: uzundum, qorako‘z, mehnatsevar, uchib keluvchi, sayroqi, issiqsevar, tez-uchar, o‘tkirtumshuq, hasharotxo‘r.

Check Also

BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHNING METODIK-TASHKILIY ASOSLARI

Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog`lom va yetuk qilib maktabga tayyorlash maqsadini ko`zlaydi. Ta’lim-tarbiya qancha erta …