Bosh sahifa | Maktabga tayyorlov | Nutqimiz to‘g‘ri va ravon bo‘lsin

Nutqimiz to‘g‘ri va ravon bo‘lsin

Bog‘langan nutqni rivojlantirish
• Tayanch predmetli rasmlar asosida “Chum­chuq” nomli tasvirlovchi hikoya tuzish.
“Chumchuq – qishlovchi qush. Uning bo­shi, tumshug‘i, tanasi, qanotlari, dumi, oyoqlari, panjalari bor. Qushchaning tanasi kulrang patlar bilan qoplangan. Chumchuq ucha oladi, sakray oladi, cho‘qiydi, chirqillaydi. Chum­chuq hasharotlar, urvoqlar, don, urug‘lar bilan oziqlanadi. Chumchuq – insonning do‘sti, chunki u zarar keltiruvchi hasharotlarni yo‘q qiladi.”
Logoped bolalardan biriga hikoyani takrorlashni taklif qiladi.

Jismoniy daqiqa – logoritmika
• “Biz rasmlar bilan o‘ynaymiz” nomli nutqiy-harakatli o‘yin.
O‘ynaymiz rasm bilan,
Qo‘llarda chapak chalib.
Aytib uni bo‘g‘inlab,
Oyoq bilan do‘pillab.
Bolalar aytilayotgan so‘zning har bir bo‘g‘iniga bir vaqtning o‘zida ham qarsak chaladilar, ham oyoqlari bilan do‘pillatadilar (lug‘at o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha tanlanadi).

“T” tovushi artikulyatsiyasi va talaffuzini aniqlash. “T” harfi.
• Tovush tavsifi (undosh – cho‘zib aytilmaydi, jarangsiz, tish va lab ishtirokida talaffuz qilinadi, qattiq aytiladi).
“Qarsak chal”. “t” – “d” tovushlarining differensatsiyasi: tim – dim, tush – dush, adir – atir, til – dil, tomoq – dimog‘, ozod – azot, tong – dong.
• “So‘zni yakunlang”.
Tosh…(kent), tar…(vuz), tuf…(li), tak…(si), tram…(vay), tu…(ya), to…(vuq), to…(moq), pax…(ta), samo…(lyot), av…(tobus), tro…(lleybus).

Check Also

BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHNING METODIK-TASHKILIY ASOSLARI

Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog`lom va yetuk qilib maktabga tayyorlash maqsadini ko`zlaydi. Ta’lim-tarbiya qancha erta …