Bosh sahifa | Maktabga tayyorlov | Nutqimiz to‘g‘ri va ravon bo‘lsin

Nutqimiz to‘g‘ri va ravon bo‘lsin

• “To‘rtinchisi ortiqcha”. Logoped talaffuzi jihatidan bir-biriga o‘xshash uchta so‘zni va bitta boshqacha talaffuzga ega so‘zni aytadi. Bolalar boshqacha talaffuzga ega bo‘lgan so‘zni topishlari, so‘ngra uning qofiyadoshlarini ham talaffuz qilishlari kerak: tokzor – tolzor – terakzor – tutzor; O‘zbekiston – Guliston – Tosh­kent – Qoraqalpog‘iston

Tokzor – tolzor –
terakzor – tutzor
  O‘zbekiston – Guliston –
Toshkent – Qoraqalpog‘iston

• “Badavlat so‘zlar”. Ikki marta “t” tovu­shi ishtirok etgan so‘zlarda “t” tovushining o‘rnini aniqlang: Toshkent, xontaxta, traktor, tabletka, tipratikan, vertolyot, tabiat, tadqiqot, talant, tantana

Toshkent tabletka tabiat
xontaxta tipratikan tadqiqot
traktor vertolyot talant
  tantana  

• “Tez aytishni qaytaring”. Logoped bolalarga tez aytish haqida gapirib beradi, uning aytilish qoidalari bilan bolalarni tanishtiradi. Namuna sifatida bir nafasda tez aytishni aytib ko‘rsatadi va bolalarga ham takrorlashni taklif qiladi.

1. Aylanmas til, titraydi dil.
2. Tepalikda traktor tirillab turibdi.

• “T” harfi bilan tanishish: konturi bo‘ylab chizish, stol ustida barmoq bilan yozish, tayoqchalardan tuzish, alifbodan qidirib topish.

Logoped. “T” harfi nimaga o‘xshaydi? (Bol­g‘achaga, ko‘tarma kranga.)

• “Tovush va harf” qoidasi (“A” tovushi va harfiga qarang).
• Tovush birikmalarini o‘qish: at, it, aut, uitp, uip, iaot, auiot.

at it aut uitp
ui iao auiot

• So‘zlarni o‘zgartirish: pok – tok – tom – tot – mot – sot – qot.

pok – tok – tom – tot
mot – sot – qot

 

• “Tom” so‘zini tahlil qilish va grafik chizmasini tuzish.

tom

Mukarram AYUPOVA,
Nizomiy nomidagi TDPU professori,
pedagogika fanlari nomzodi.
Shahnoza ARIPOVA,
Nizomiy nomidagi TDPU o‘qituvchisi.

Check Also

Maktabga ilk qadam

Zamonaviy bolalar maktabga tayyor! Haqiqatan ham ta’lim olish jarayoni yildan yilga shunchalar rivojlanib bormoqdaki, 1 …