Bosh sahifa | Maktabga tayyorlov | Nutqimiz to‘g‘ri va ravon bo‘lsin

Nutqimiz to‘g‘ri va ravon bo‘lsin

“V” tovushi artikulyatsiyasi va talaffuzini aniqlashtirish
“V”  harfi

Tovush tavsifi (undosh – cho‘zib aytilmaydi, jarangli, yuqori tishlar va pastki lablar ishtirokida talaffuz qilinadi).

• “Rasmni toping”. Doskada bir qator qilib bir qancha rasmlar qo‘yilgan. Bolalar ular orasidan nomida “v” tovushi bor bo‘lgan rasmlarni topadilar.


• “So‘zni toping”:
sa-sa-sa, vat-vat-vat hosil bo‘ladi … (savat);

Sa-sa-sa + vat-vat-vat = savat

hol-hol-hol, va-va-va hosil bo‘ladi…(holva);

Hol-hol-hol + va-va-va = holva

to-to-to, vuq-vuq-vuq hosil bo‘ladi…(tovuq);

to-to-to + vuq-vuq-vuq = tovuq

An-an-an, var-var-var hosil bo‘ladi… (Anvar);

An-an-an + var-var-var = Anvar

sho‘r-sho‘r-sho‘r, va-va-va hosil bo‘ladi…(sho‘rva);

Sho‘r-sho‘r-sho‘r + va-va-va = sho‘rva
di-di-di, van-van-van hosil bo‘ladi… (divan).

di-di-di + van-van-van = divan

•“So‘zni to‘g‘irlang”:
rakvar – varrak;
vorafav – favvora;
busavto – avtobus;
gulchinni – chinnigul.

• “Do‘stlashgan tovushlar”
Do‘stlashgan tovushlar yugurib kelishdi va bir-birlariga qo‘l uzatishdi.


“V”, “e”, “l”, “o”, “s”, “i”, “p”, “e”, “d”;

“z”, “a”, “v”, “q”; “h”, “o”, “l”, “v”, “a”;

“v”, “a”, “z”, “a”; “sh”, “o‘”, “r”, “v”, “a”.

Logoped. Nima hosil bo‘ldi?
• “So‘zni qadam tashlab ayting”. So‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratish.
Logoped boshlaydi:

Bolalar bilan birga,
O‘ynab qadam tashlaymiz.
Va so‘zlarni birma-bir,
Qismlarga ajratamiz.

So‘zlarni qismlarga ajratamiz.
Va-li, voy, av-to-bus, hol-va, va-gon-lar, fav-vo-ra, to-vus, al-fa-vit, di-van, vaf-li, qo-voq, van-na, ver-to-lyot va h.k.

Check Also

Nutqimiz to‘g‘ri va ravon bo‘lsin

MAVZU: “OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI” Suhbat Oziq-ovqat mahsulotlari nima uchun kerak; ular nimalardan olinadi; ulardan nima tayyorlasa …