Bosh sahifa | Navbatdagi mashg‘ulotga | Nutqimiz to`g`ri va ravon bo`lsin

Nutqimiz to`g`ri va ravon bo`lsin

MAVZU: Mening oilam
Suhbat
Oila, uning tarkibi, oila a’zolarining vazifalari, oila qanday (ahil, mustahkam, mehnatsevar, madaniyatli, sog`lom, mehribon, ozoda) bo`lishi kerakligi haqida bolalar bilan suhbatlashish.

bo`lishi kerak.

Leksiko-grammatik mashq va o`yinlar
“Sen kim bilan yashaysan?” “bilan” ko`makchi-bog`lovchisini qo`llagan holda gap tuzish.
Har bir bola u kim bilan yashashi haqida so`zlab berishi kerak: “Men otam, onam, buvam, buvim, akam, ukam va singlim bilan yashayman” va h.k.

“Gapni tugalla”. Logoped boshlaydi:
Gapni hamma yakunlar,
So`ngra uni sen qaytar.
Men ovqatlanyapman, otam ham ….(ovqatlanyaptilar). Men kuylayapman, onam ham …(kuylayaptilar). Men dars tayyorlayapman, singlim ham dars …(tayyorlayapti). Men koptok o`ynayapman, akam ham koptok …(o`ynayapti) va h.k.

“Sizniki-chi?”. Taqqoslash, qiyosiy ma`noli gaplar tuzish, sifat darajasini solishtirishni o`zlashtirish.
Logoped gapni boshlaydi, bolalar esa tugallaydilar:
“Bizning oila katta, … bizniki esa kattaroq. Bizning oila kichik, …bizniki esa yanada kichikroq”.

Lug`at: mustahkam, madaniyatli, inoq, tarbiyali, mehnatsevar, xosiyatli, yaxshi.
“Yosh-qari”. Sifat darajasini solishtirishni mustahkamlash. Oilaning katta va kichik a’zolari haqidagi tushunchani o`zlashtirish.
Logoped oila a’zolaridan ikki kishini aytadi (ona, buvi), bolalar esa gap tuzishlari kerak: “Onam buvimdan yosh, buvimning yoshi esa onamdan katta”.

“O`zing haqingda gapirib ber”. Yozuv taxtasida turli belgi-rasmlar osib qo`yilgan: bola, uy, raqam, ota, ona, qiz, maktab, shifokor va h.k.

shifokor

Har bir bola eslatma rasmlarga tayangan holda o`z oilasi haqida hikoya tuzishi kerak. Logoped namuna uchun bir hikoya tuzib beradi:
“Mening ism-sharifim Yunusov Akmal Vohidovich. Yoshim oltida. Men 5-avgustda tug`ilganman. Ko`p qavatli imoratning beshinchi qavatida, ikki xonali uyda yashayman. Bizning uy Bahor ko`chasida joylashgan. Otamning ism-sharifi Vohid Anvarovich, shifokor bo`lib ishlaydi. Onamning ism-sharifi Komila Ilhomovna, o`qituvchi bo`lib ishlaydi. Singlim Oydin to`rt yoshda, bog`chaga boradi”.
Jismoniy daqiqa – logoritmika
“Qarsak chal va to`pillat”. Nutqiy harakatli o`yin. Bolalar aytilayotgan so`zning har bir bo`g`iniga bir vaqtning o`zida chapak chaladi va oyoqlari bilan to`pillatadi (lug`at o`rganilayotgan mavzu bo`yicha beriladi).

“Ch” tovushi artikulyatsiyasi va talaffuzini aniqlashtirish.
“Ch” harfi.

Tovushning tavsifi (undosh – cho`zib aytilmaydi, ovozsiz, tanglayda talaffuz qilinadi).
“Rasmni top”. Yozuv taxtasida bir nechta rasmlar turadi, bolalar esa tarkibida “ch” tovushi bo`lgan so`zlarni ajratib topishlari kerak.

“Ch” tovushi bilan o`ynaymiz”. O`yin maydonchasiga rasmlar to`rt qator qilib joylashtirilgan. Bolalar logopedning ketidan qofiyali mashqni takrorlaydilar, keyin so`zlardagi “ch” tovushining o`rnini aniqlaydi.
“Ch” tovushi-la o`ynaymiz,
Unga so`zlar tanlaymiz:
Chaman, chaqmoq, boychechak,
Chayla, chanoq va choynak,
Cho`mich, chodir, chug`urchuq,
Chiroq, chivin va chumchuq.
Archa, chinor, qo`zichoq,
Chang`i, chizg`ich, arg`imchoq,
Chelak, sochiq, chaqaloq,
Chapak, chayla, chaqaloq.


LOGOPED: – Biz nechta so`z topdik?
Bolalar she’rda aytilgan so`zlarni birma-bir sanab beradilar .
“So`zni tugalla”.
Chumchuq (chu)…g`urlaydi, chigirtka (chi)…rillaydi, chaqmoq (chaq)…adi, chavandoz otda (cho)…padi, chamanzorda gullar (cha)…man bo`lib ochiladi va h.k.

“Ch” tovushi joyini aniqla”. Kech, hech, chevar, chinni, cho`mich, boychechak, ninachi, chuvalchang, chuchvara, chelak, chang`i, to`g`nag`ich, so`rg`ich.

“So`zni o`zgartir”. Logoped bolalarga rasmlar ko`rsatadi, ular rasm nomiga -chi, -cha, -choq qo`shimchalarini qo`shib, so`zni o`zgartirishlari kerak: traktor-traktorchi, suv-suvchi, chang`i-chang`ichi, toy-toychoq, qo`zi-qo`zichoq, mushuk-mushukcha, ayiq-ayiqcha va h.k.

• “So`zlarni tanla”. Logoped quyidagi so`zlarni aytadi: piyola, choynak, qoshiq; kapalak, chivin, qo`ng`iz.

Bolalar tarkibida “ch” tovushi mavjud bo`lgan so`zlarni tanlab oladilar.

“Ch” harfi bilan tanishtirish”. Konturi bo`yicha yozish, uni partada barmoq bilan chizish, tayoqchalardan hosil qilish, alifbodan topish.

LOGOPED: – “Ch” harfi qaysi tomonga “qarab” turibdi? (o`ngga.)
• Bo`g`inlarni o`qish: -chi, -cha, -che, -choy, -chor, -chaq, -chu.

“Harfni joyiga qo`y”. …orraha, …oy, …inor, nina…i, boy…e…ak, …iroq, …ayla, …avandoz, …evar.

“Kesma alifbo bilan ishlash”. O`zakdosh so`zlarni tanlash va tuzish, ularni tahlil qilish:
Choy – choynak – choyxo`r; chaman – chamanzor – Chamangul.

“Gap tuzish, uni o`qish va tahlil qilish”. “Chamanzorda chumchuq chug`urladi. Onam chuchvara pishirdi. Quyosh botib, kech tushdi ”.
Gaplarning grafik chizmasini tuzish.

Check Also

MTMda INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH

Maktabgacha ta’lim muassasalarida maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab, shu …