Bosh sahifa | Maktabga tayyorlov | Nutqimiz to‘g‘ri va ravon bo‘lsin

Nutqimiz to‘g‘ri va ravon bo‘lsin

  • “Nima yetishmaydi?” Logoped rasmdagi qushning turli tana qismlarini berkitadi va bolalardan so‘raydi: “Nima yetishmayapti?” (qush­ga dumi, boshi, tanasi, qanoti, panjalari, tum­shug‘i, patlari yetishmayapti)
  • “So‘zni top”. Nutqda birlik va ko‘plikdagi fe’llarni qo‘llash.

Qush uchib ketadi, qushlar esa… (uchib ketishadi, uchib qo‘nishadi, uchib kelishadi, cho‘­qiydilar, qanot qoqishadi, sakraydilar, sayra­shadi, uxlaydi, kuylashadi)
Logoped ovoz bilan fe’l oxiridagi qo‘shim­chani ajratadi. Har bir gapni bolalar to‘liq qaytaradilar.
Bog‘langan nutqni rivojlantirish
• Tayanch rasmlar yordamida “Qaldirg‘och va lochin” hikoyasini tuzish. Nutqda tagida, i­chida, ostida ravishlarini qo‘llash.
“Tom ostida in bor edi. U yerda qaldirg‘och bilan polaponlari yashardi. Bir kuni ular och qoldilar. Qaldirg‘och ovqat izlab uchib ketdi. Birdan lochin uchib keldi. Qaldirg‘och butalar tagiga yashirindi. Lochin esa uning ketidan uchdi. Qaldirg‘och butalar ostidan uchib chiqdi va shox tagiga yashirindi. Lochin yana uning ketidan uchdi. Qaldirg‘och shox ostidan uchib chiqdi va archa ichiga yashirindi. Lochin charchadi va uchib ketdi. Qaldirg‘och archa i­chidan uchib chiqdi, chuvalchang topdi va o‘z polaponlariga olib keldi.”

Check Also

Maktabga ilk qadam

Zamonaviy bolalar maktabga tayyor! Haqiqatan ham ta’lim olish jarayoni yildan yilga shunchalar rivojlanib bormoqdaki, 1 …