Bosh sahifa | Maktabga tayyorlov | Nutqimiz to‘g‘ri va ravon bo‘lsin

Nutqimiz to‘g‘ri va ravon bo‘lsin

Jismoniy daqiqa – logoritmika
• Nutqiy harakatli o‘yin: “Biz bolalar bilan qadam tashlaymiz”.
Bolalar bilan qadam tashlaymiz,
So‘z qismlarin birga sanaymiz.
Bolalar o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha so‘zlarni talaffuz qiladilar va har bir bo‘g‘inga qadam tashlaydilar.
“P” harfi. “P” tovushi artikulyatsiyasi va talaffuzini aniqlash.

• Tovush tavsifi (undosh – cho‘zib aytilmaydi, lab undoshi – lab bilan aytiladi, jarangsiz).
• “Sayroqi qushcha”
• “Eslab qol va takrorla”

Bolalar olti bo‘g‘indan iborat bo‘limlarni takrorlashadi: pa – pa – pa, po –

pa – pa – pa

po – po – po

pi – pi – pi

pu – pu – pu

• “Tushirib qoldirilgan harflarni o‘rniga qo‘ying”. Hosil bo‘lgan so‘zda “p” tovushi o‘rnini aniqlash:

..alto, …ashsha, sha…ka, ..axsa, …ichoq, …arranda, …irog, qoli…, …arta, …illa, … iyola, tu..roq.

• “Qofiyadosh so‘zlarni yakunlang”.

Pa–pа–pа–yorug‘ lam … (pа); Оp–оp–оp–dalada kan …(оp). Ip–ip–ip–mana, g‘isht qol… (ip).

Logoped: Siz aytayotgan so‘zlarning umumiyligi nimada (“p” tovushida).
• “Nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘yib, gapni yakunlang”. “P” tovushini ovoz va artikulyatsiya orqali ajratish.
Qishda … (palto) kiyish kerak. Oshpaz … (pichoq) bilan sabzi to‘g‘raydi. Kuzda dalada … (paxtalar) ochiladi. … (Palovga) sabzi va guruch solinadi.

• “P” harfi bilan tanishish: konturi bo‘ylab chizish, barmoq bilan partada chizish, tayoq­chalardan tuzish, alifbodan qidirish.

• Tovush birikmalarini o‘qish: ap, up, ip, aup, aip, iuap, uap.

• Bo‘g‘inlarni hosil qilish va o‘qish: ap – pa, op – po, up – pu, ip – pi, o‘p – po‘, ep – pe.

Mukarram Ayupova,
Nizomiy nomidagi TDPU pedagogika fanlari nomzodi, professor,
Shahnoza ArIpova,
Nizomiy nomidagi TDPU o‘qituvchisi.

Check Also

Nutqimiz to‘g‘ri va ravon bo‘lsin

“V” tovushi artikulyatsiyasi va talaffuzini aniqlashtirish “V”  harfi