Oltin o‘lkam

(Davomi. Boshi o‘tgan sonda)

Bayram ertaligi, katta va maktabga tayyorlov guruhlari uchun

Qadim Turon
P. Mo‘min she’ri     N. Norxo‘jayev musiqasi

Uch, Humo qush,
Parvozi xush.
Aytay chindan,
Baxtim sendan.
Keng Turkiston,
Menga makon.
El qadrdon, O‘zbekiston
Qadim Turon!
Samosi sof,
Chaqnar oftob.
Bag‘ri kengdir,
Do‘sti tengdir.
Osmonimda,
Makonimda.
Sen doimo
Bor bo‘l, Humo!

Raqqosa qizlar “Atlas ko‘ylak” qo‘shig‘iga raqsga  tushadilar.

Boshlovchi: — Vatanimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng mohir sportchilar yeti­shib chiqib, xalqaro musobaqalarda qatnashib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar. Ular vatanimizni, mustaqil diyorimizni dunyoga tanitishdi. Shaharlarimiz, ko‘chalarimiz, mahallalarimiz kundan kunga yashnab, obod bo‘lyapti. Yurtimizda bayramlarni keng nishonlab kelayotganimiz boisi tinchlikdir. Qani, bolajonlar, kim bizlarga Vatan haqida hikmatli so‘zlar aytib beradi?

1-bola: – “Bulbul chamanni sevar, odam – Vatanni”.
2-bola: – “Vatani borning baxti bor, meh­nati borning – taxti”.
3-bola: — “Vatan ostonadan boshlanadi”.
4-bola: — “Vataning tinch – sen tinch”.

Boshlovchi: – Barakalla bolajonlar, bi­limdon ekanligingizni yana bir bora namoyish qildingiz. O‘ylaymizki, hamma siz aytgan hikmatli so‘zlarning mag‘zini chaqa oladi.

Check Also

Bahorda uchib keluvchi qushlar

Nigora KAZAKOVA, Uchtepa tuman Xalq ta’limi muassasalarini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi tasarrufidagi 388-sonli …