Oltin o‘lkam

Bolajonlar “Tinchlik bo‘lsin” qo‘shig‘ini kuy­laydilar.

Tinchlik bo‘lsin
Z. Sattorov she’ri     M. Ikromova musiqasi

Yer yuzida tinchlik bo‘lsin,
Olam doim baxtga to‘lsin.
Nurli quyosh porlab tursin,
Moviy osmon chorlab tursin.

Naqarot:
Tinchlik bo‘lsin, tinchlik bo‘lsin,
Olam doim baxtga to‘lsin.
Biz bolalar o‘ynashaylik,
Qo‘l ushlashib kuylashaylik.
Biz Vatanning erkasimiz,
Shu diyorning ertasimiz.

Naqarot:
Tinchlik bo‘lsin, tinchlik bo‘lsin,
Olam doim baxtga to‘lsin.

 

Qizaloqlar “Bayram” qo‘shig‘iga raqsga tu­shadilar.

Bolajonlar “Humo qushi” musiqasi sadolari ostida xayrlashib, davrani tark etishadi.

1-bola:
— Men o‘zbekning qiziman,
Porlagan yulduziman.
Nasib etsa olamga,
Dong‘im ketar har yonga.
Balki bo‘larman olim,
Bo‘larman yo shifokor?
Shunda butun jahonda
Derlar bu kimning qizi?
Shunda derman baralla,
Men o‘zbekning qiziman,
Porlagan yulduziman.
(Kamola Umarova she’ri)

2-bola:
— Ta’rifingni bayon etib,
Hech ham ko‘nglim to‘lmaydi.
Senga qancha mehnat qilsam,
Qarzim ado bo‘lmaydi.
(Valida Abdug‘affor qizi she’ri)

3-bola:
— Mustaqil yurtim sening
Qay yutug‘ing ta’riflay?
Ko‘m-ko‘k bog‘ing, go‘zal qasring
Dunyoga ko‘z-ko‘z etay.
(Valida Abdug‘affor qizi she’ri)

Boshlovchi: — Aziz bolajonlar va hurmatli mehmonlar, mustaqillikning shonli bayrami, qutlug‘ to‘yi hammangizga muborak bo‘l­sin! Sizlar O‘zbekistonning ertangi yorug‘ kuni, uning egalarisiz. Ona Vatanimiz bilan faxrlanishimiz, g‘ururlanishimiz, uning har qarichini muqaddas bilib, ko‘z qorachig‘idek asrashimiz kerak. Yurtimizni doimo sevib, ardoqlaylik. Shuning bilan bugungi bayram ertaligimiz o‘z nihoyasiga yetdi. Xayr, salomat bo‘ling.
Bolajonlar musiqa sadolari ostida chiqib ketishadi.

Ulug‘bek MIRZAHMEDOV,
Bo‘stonliq tumani 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining musiqa o‘qituvchisi.

Check Also

BOLANGIZ ROST GAPIRISHDAN QO‘RQMASIN

Yolg‘on gapirish kichik yoshli bolalar uchun “muhim ijtimoiy xususiyat” hisoblanadi. Lankaster universiteti psixologi tadqiqotlar uydirma …