Oltin o‘lkam

BAYRAM ERTALIGI
(Katta va maktabga tayyorlov guruhlari uchun)

Musiqa zali bayramona bezatilgan. Tarbiyalanuvchilar qo‘llarida turli xil gullar bilan Xur­shida Hasanovaning “Toshkentim” qo‘shi­g‘ini kuylab zalga kirib keladilar va bir qator bo‘lib turadilar.

Bola:
— Bugun dillar shodumon,
Yurtning istiqlol to‘yi.
Quvonamiz begumon,
Taralar baxtning bo‘yi.

Keng olib davramizni,
Chorlagaymiz biz sizni.
Yurt ishqida kuy, yalla,
Biz aytamiz baralla.

BOSHLOVCHI:
— Assalomu alaykum, hurmatli mehmonlar va jajji bolajonlar! Aziz va muqaddas ayyom — yurtimizning Mustaqillik to‘yi hammamizga muborak bo‘lsin. Bu bayramni xalqimiz zo‘r xursandchilik bilan kutib olmoqda. Mehnatkash, bunyodkor xalqimiz o‘z mehnatlari bilan respublikamizning gullab-yashnashiga, ravnaq topishiga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
(Hamma o‘rnidan turadi. O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi yangraydi).
Bola:
— Vatan — obod makondir,
Erkin, ozod zamondir.
Elim omon-omondir,
Yo‘lim quyosh tomondir.
2-Bola:
— Men olisga ketsam agar,
Quchog‘ingga qaytgim kelar,
Sog‘inchlarim toshib ketar,
Dilda bandim sensan, Vatan!

 Bolalar T.Azimov bastalagan “Qo‘shig‘imiz avjida” qo‘shig‘ini ijro etishadi.

 

Check Also

Xayr bog‘cha – salom maktab

Maktabga tayyorlov guruhlari uchun bayram ssenariysi Bog‘cha sahnasi bayramona bezatilgan. Devorda atrofi gullar bilan bezatilgan …