Oltin o‘lkam

3-Bola:
—    Oq, yashil-u havo rang,
Orimiz — bayrog‘imiz,
Butun dunyo biladi,
Shuhratimiz, shonimiz.
4-Bola:
—    O‘zbek o‘g‘li bo‘laman,
Kichik bekman, to‘raman.
Elim aytgan o‘langa,
Jo‘r bo‘laman, jo‘raman.

Kichkintoylar qo‘llarida bayroqchalar bilan davrani egallaydilar. E.Tilichevaning “Bayroq­chalar” qo‘shig‘ini kuylab raqsga tushadilar.

Boshlovchi bolalarga savol bilan murojaat etadi. So‘ngra tarbiyachi vatanimiz Mustaqillikka erishganidan so‘ng qo‘lga kiritgan yutuqlari aks ettirilgan albom tasvirlarini izohlab beradi. Shu payt humo qushi sahnaga kirib kelib, bolajonlar bilan salomlashadi.

BOSHLOVCHI:
– Salom, Humo qushi! Davramizga marhabo. Mustaqilligimiz muborak bo‘lsin. Biz seni intiqib kutdik. Bolajonlar sen haqingda ko‘plab ma’lumotlarga ega.

Humo qushi:
– Rahmat sizlarga. Bayram barchamizga baxt, omad olib kelsin. Yurtimizning ertasi bo‘lgan siz aziz bolajonlar o‘qib, kelajakda xalqimizga kerakli inson bo‘lib yetishishingizga tilakdoshman.

5-Bola:
— Humo qushi, bu tinchlik, baxt qushi.

Humo qushi:
— Juda to‘g‘ri aytding. Men tinchlik, baxt qushi bo‘laman.

BOSHLOVCHI:
— Barchamiz vatanimizni ko‘z qorachi­g‘i­day asrashimiz kerak. Aziz bolajonlar, respublikamizning nomlanishi qanday?

1-Bola:
— O‘zbekiston — suveren demokratik respublika.

BOSHLOVCHI:
—    O‘zbekiston Respublikasi poytaxti qaysi shahar?

2-Bola:
— Poytaxtimiz — Toshkent shahri.

BOSHLOVCHI:
—    Bizning qanday boyliklarimiz bor?

3-Bola:
— Yurtimiz neft, gaz, oltin, toshko‘mir va turli qimmatbaho yerosti boyliklariga ega.

BOSHLOVCHI:
– Rahmat, bolajonlar. Endi hammamiz bir­galikda Humo qu­shiga chiroyli bir qo‘shiqni hadya qilsak.

(Davomi kelgusi sonda)

Ulug‘bek MIRZAHMEDOV,
Bo‘stonliq tumanidagi 4-umumiy
o‘rta ta’lim maktabi musiqa o‘qituvchisi.

Check Also

BOLANGIZ ROST GAPIRISHDAN QO‘RQMASIN

Yolg‘on gapirish kichik yoshli bolalar uchun “muhim ijtimoiy xususiyat” hisoblanadi. Lankaster universiteti psixologi tadqiqotlar uydirma …