Bosh sahifa | Davlat talablari amalda | Ota-onalarga ko‘makchi qo‘llanmalar

Ota-onalarga ko‘makchi qo‘llanmalar


Sog‘lom va bilimdon avlodni shakllantirish uzoq davom etadigan, tinimsiz mehnat talab qiladigan jarayon. Bu jarayonning ilk bosqichi maktabgacha ta’lim muassasasidan boshlanadi.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiyasiga mas’ul kishilar zimmasiga barkamol shaxslarni tarbiyalashdek yuksak vazifa yuklaydi.
Yosh avlodni komil, ma’naviy va jismoniy jihatdan yetuk shaxs sifatida voyaga yetkazish maqsadida “2015-2020-yillarda bolalarni, ayniqsa, qishloq joylarda maktabga tayyorlashni yax­shilashga yo‘naltirilgan maktabgacha ta’lim tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha Davlat dasturi” tasdiqlandi, dasturni amaliyotga joriy etish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Surxondaryo viloyati Qum­qo‘r­g‘on tumanida dastur asosida maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qamrab olish nisbatini oshirish maqsadida qisqa muddatli guruhlar tashkil etish yuzasidan tuman XTMFMTTEB bilan maqsadli ishlar yo‘lga qo‘yildi. Masalan, tumanda 1 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni 21000 nafar bo‘lsa, shulardan 2030 nafari maktabgacha ta’lim muassasalarining kuni uzaytirilgan guruhlariga, 500 nafari esa savodxonlik guruhlariga jalb etilgan. Tuman MTMlaridagi o‘rinlar soni 2450 ta bo‘lsa-da, hozirgi kunda maktabgacha ta’limga 2530 nafar bola jalb etildi.
Tumanimizdagi maktabgacha ta’lim muassasalari mavjud bo‘lmagan 38 ta mahalladagi umumta’lim maktablari qoshidagi guruhlarda ota-onalarning talablariga asosan 430 nafar 5-6 yoshli bolalar maktab ta’limiga tayyorlanmoqda. 2226 nafar 5-6 yoshli bolalarning ota-onalari 5 nomdagi qo‘llanmalar asosida maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan bolalarni oilada maktab ta’limiga tayyorlamoqdalar.
“Farzandlarimizni maktab ta’limiga tayyorlashda bizga taqdim etilgan qo‘llanmalar asosiy yordamchi sifatida xizmat qilmoqda. Undan o‘rin olgan mavzular bolalarning yoshi, ularning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda tayyorlangan. O‘ylaymanki, bu kitoblar yordamida farzandim zehnli, tengdoshlari bilan fikr almasha oladigan va boshlang‘ich tushunchalarga ega bo‘ladi” – deydi Saida Shopo‘latova.
Ota-onalar orasida o‘tkazilgan so‘rovnomada mazkur qo‘llanma ijobiy baholangan hamda maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan bolalarni ushbu kitoblar bilan to‘liq ta’minlash zarurligi alohida ta’kidlab o‘tilgan.
Maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan bolalar ota-onalari uchun yaratilgan qo‘llanmalar quyidagilardan iborat: “Nutq o‘stirish, o‘qish va savodga tayyorgarlik”, “Matematik tasavvurlarni shakllantirish”, “Nasriy asarlar to‘plami”, “She’-riy asarlar to‘plami” va “Sog‘ tanda – sog‘lom aql”.
Maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog xodimlarning kasb mahorati malaka oshirishning turli shakllari orqali muntazam rivojlantirib borilmoqda. Uzluksiz metodik xizmatni takomillashtirish va axborot-texnologiyalaridan o‘quv ta’lim-tarbiya jarayonida to‘liq foydalanish qisqa muddatli guruhlarni tashkil etish, pedagogika kolleji bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini yaratmoqda.

Gulbahor Radjabova,
Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani
XTMFMTTEB maktabgacha ta’lim metodisti.

Check Also

Viloyatlarda tashkil etiladigan xususiy bog`chalarda elektr va gaz uchun to`lovning 50% ini davlat to`lab beradi

Вазирлар Маҳкамаси “Ўзбекистон Республикаси Мактабгача таълим вазирлиги ва унинг тизимидаги муассасаларнинг моддий-техника базасини мустаҳкамлаш ҳамда …