Bosh sahifa | Navbatdagi mashg‘ulotga | O‘zim ertak aytaman

O‘zim ertak aytaman

O‘yinchoqlar vositasida bolalar nutqi va tafakkurini rivojlantirish
(tayyorlov guruhi uchun)

Maqsad
Ta’limiy: bolalarni narsalar, o‘yinchoqlarga qarab hikoya to‘qishga, mashg‘ulotda o‘qilgan kichik hikoya va ertaklarni qaytadan mustaqil hikoya qilishga o‘rgatish.
Tarbiyaviy: o‘yinchoqlarni avaylab, sindirmasdan, buzmasdan o‘ynashga o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi: o‘yinchoqlar asosida bolalar nutqi va tafakkurini rivojlantirish.
Kerakli jihozlar: bolalar o‘zlari sevib o‘ynaydigan o‘yinchoqlar – koptok, mushuk, ayiqcha mashina, samolyot…
Bolaga mashg‘ulot jarayonida o‘zi xohlaganidek ertak to‘qishga imkon beriladi. Kichkintoy o‘yinchoqlar ishtirokida hikoya yoki ertaklar tuzishni o‘rganadi. Shu orqali uning nutqi, tafakkuri, eslab qolish qobiliyati va tasavvuri rivojlanadi, so‘z boyligi oshadi, o‘zini erkin tutishga, ravon so‘zlashga o‘rganadi. Kichkintoylarning o‘z fikrlarini bir necha gap bilan bayon qilish ko‘nikmalari shakllanadi. Yana bolalar bilan savol-javoblar o‘tkaziladi, biror narsa haqida hikoya qilishlari yoki o‘zlari ertak to‘qishlari mumkin.
Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi: – Bolajonlar, hammamiz ertak eshitishni yaxshi ko‘ramiz, to‘g‘rimi?
Bolalar javobi.

… Davomini jurnalda o‘qiysiz…

Maqolaning davomini jurnalda o‘qiysiz

Dilrabo QOSIMOVA,
TSHXTXQTMOI “Maktabgacha, boshlang‘ich va
maxsus ta’lim” kafedrasi katta o‘qituvchisi.

Check Also

Bahorda uchib keluvchi qushlar

Nigora KAZAKOVA, Uchtepa tuman Xalq ta’limi muassasalarini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi tasarrufidagi 388-sonli …