Bosh sahifa | Navbatdagi mashg‘ulotga | Salomatlik – el boyligi

Salomatlik – el boyligi

Ta’limiy maqsad: bolalarni oziq-ovqat turlari bilan tanishtirish (oqsillar, uglevodlar, yog‘­lar). Oziq-ovqatlar haqida lug‘at boyligini o­shirish, bog‘langan nutqni rivojlantirish.
Tarbiyaviy: foydali va zararli mahsulotlarni farqlashga, ovqatlanish gigiyenasiga rioya qilish­ga o‘rgatish.
Korreksion: tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, umumiy va mayda motorikasini rivojlantirish.
Kerakli jihozlar: plakat, kompyuter, tarqatma rasmlar, slayd do‘kon ko‘rinishini aks ettirish, multimedia, o‘rmon manzarasi.

DEFEKTOLOG: − Salom bolajonlar!
BOLALAR: – Assalomu alaykum!
DEFEKTOLOG:
– Qo‘llarimiz belda,
Keyin esa yonda.
Ko‘taramiz tepaga,
Keyin esa yelkaga.
Qo‘llarimiz ko‘p-ko‘p,
Oyoqlarimiz to‘p-to‘p.
Quyon bo‘lib sakraymiz,
Mashg‘ulotni boshlaymiz.
(Bolalar she’rni harakat bilan bajaradilar.)
− Bolajonlar, sizlar ertalabki nonushtaga ni­ma tanovul qildingiz? Qanday taomlarni yax­shi ko‘rasiz? Mana shu bo‘tqani tayyorlash­da ishlatiladigan mahsulotlar oziq-ovqatlar deyiladi (Shu payt eshik taqillab, ayiqcha qo‘lida xat bilan kirib keladi).
DEFEKTOLOG: — Bolajonlar, bugun bizga Ayiqpolvon do‘stlaridan xat olib kelibdi. (U xatni ochib o‘qiydi). O‘rmondagi hayvonlarning qorni va tishlari og‘rib qolibdi, ular o‘ynashni ham, raqsga tushishni ham xohlamay, uylarida xafa bo‘lib o‘tirishibdi.
Bunga bir voqea sabab bo‘libdi, o‘rmonda bir notanish odam do‘kon ochibdi, u yerda chips, shokolad, konfetlar, gazli va rangli suvlar, gamburger va pitsalar sota boshlabdi. Bolalar, nima uchun ularning qorni va tishlari og‘rib qolibdi?
BOLALAR: — Ular kiriyeshka, kola, chupa-chups yeyishgan.

DEFEKTOLOG: — To‘g‘ri, mana shu narsalarni yeyishgani uchun kasal bo‘lib qolganlar, ular noto‘g‘ri ovqatlanishgan. Hozir biz sizlar bilan to‘g‘ri ovqatlanish haqida suhbatlashish uchun o‘rmonga borib, ayiqchaning do‘stlariga yordam beramiz. O‘rmonga borish uchun poyezdga o‘tiramiz. Qani tayyormisizlar. Bolalar javobi.
DEFEKTOLOG: — Unday bo‘lsa ketdik, poyezd qanday tovush chiqaradi?
BOLALAR: — Pup-pup-pup-pupuuuu.
DEFEKTOLOG: — Mana o‘r­monga ham yetib keldik, qanday chiroyli manzara, chuqur nafas olamiz (nafas mashqi). Bolajonlar, ehtiyot bo‘lib yuringlar. Qani kim aytadi, o‘rmonda qanday hayvonlar yashaydi?
BOLALAR: — Ilonlar, bo‘rilar, ayiqlar.
DEFEKTOLOG: — Juda to‘g‘ri, ilonlar qan­day tovush chiqaradi?
BOLALAR: — Fs-fs-fs-fs-sssssss.
DEFEKTOLOG: — Bo‘rilar-chi?
BOLALAR: — Uuuu-uuuuuu (Shu vaqt o‘r­mon hayvonlari kirib keladilar).
DEFEKTOLOG: — Aziz bolajonlar, kasal bo‘lib qolgan bo‘ri, tulki va quyonchalar kelish­di. Ularni ham mash­g‘ulotimizga taklif qilamiz, hayvonlar nima foy­dali-yu nima zararli ekanligini bilib olishsin.  Bolajonlar, biz nima uchun ovqatlanamiz? Bolalar javobi. — Juda to‘g‘ri, ovqat quvvat berish bilan birga sizlarning ichki a’zolaringizning to‘g‘ri rivojlanishiga, bo‘yingizning o‘si­shiga, kuchli va katta bola bo‘li­shingizga yordam beradi.

Check Also

BOLANGIZ ROST GAPIRISHDAN QO‘RQMASIN

Yolg‘on gapirish kichik yoshli bolalar uchun “muhim ijtimoiy xususiyat” hisoblanadi. Lankaster universiteti psixologi tadqiqotlar uydirma …